ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

👉Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun navbatsiz tartib joriy etilmoqda

👉Imtiyozlar yagona ro‘yxati

👉Yuridik yordam (pro bono)

👉Nogironligi bo‘lgan bolani qayta ekspertizaga yuborishni taqiqlanadi

📹 Batafsil video

@adliyangiliklari
‼️DIQQAT EʼLON‼️

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida anʼanaviy “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida joriy yilning 6-11-mart kunlari “Oʻzbekiston xotin-qizlari taʼlim sohasida” II respublika fotokoʻrgazmasini tashkil etmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 6-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.


📍Fotoko'rgazma 11-martgacha davom etadi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
Forwarded from YURIDIK TEXNIKUMLAR
#Huquqiy_fanlar_olimpiadasi
#live

⚡️O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida ilk marotaba "Huquqiy fanlar olimpiadasi"sining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

✅ Ma'lumot uchun: "Huquqiy fanlar olimpiadasi" Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqiy fanlar olimpiadasi”ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 55-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

✅ Olimpiada nizom talablariga muvofiq texnikumda bo'lib o'tgan hududiy bosqichda yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilar respublika bosqichida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Telegram | • Instagram | • Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shu kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev viloyatlarda bo‘lib, aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazayotgani ham fikrimizning isboti bo‘la oladi. Jumladan,vazir o‘rinbosari Samarqand viloyatiga tashrifini Samarqand tumanidagi tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bilan boshladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida bo‘lib o‘tgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi" ning respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Xabaringiz bor, yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar 3 shart asosida bo‘lib o‘tdi hamda adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha:

🥇Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Dalabayeva Ruxshona Zokir qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Amanova Nurjahon Farxod qizi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchisi Zamanov Nodirbek Sobirjon o‘g‘li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 800 000 so‘m pul mukofoti bilan;

Jinoyat huquqi fani bo‘yicha:

🥇Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Qodirova Go'zal Qodir qizi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Farxatova Dilzoda Farxot qizi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 2 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Namangan viloyati yuridik texnikumi Xabibullayev Omonillo Xayrullo o'g'li 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 1 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, olimpiada g'oliblarini tayyorlagan fan o'qituvchilari ham e'tirof etilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari