#Adliya_xabari
Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda
Tashrif doirasida Guliston shahrida "Huquqiy axborot kuni" hamda Sirdaryo tumanida yoshlar bilan muloqot tashkil qilindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Navbatdagi sayyor qabul Chiroqchida
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida adliya vaziri o'rinbosari A.Muxammadiyev ishtirokida sayyor qabul davom etmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Chiroqchi tumanining "Jar” mahalla fuqarolar yig'nida o‘tkazilmoqda. Mahallada aholi soni 5843 nafarni tashkil qiladi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanadigan bu mahallada ham muammolar yetarli.
Sayyor qabul davomida 100 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishmoqda. Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib joyida tegishli tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilib, oʼrganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga olinmoqda.
Respublika ishchi guruhning o‘rganishlari viloyat bo‘ylab davom etadi.

#Adliya_infografika
Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

#Sayyor_qabul
SHAHRISABZ TUMANIDA FUQAROLAR BILAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
Qashqadaryo viloyatida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya vaziri o'rinbosari A. Muxammadiyev tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi qabul Shahrisabz tumanida tashkil etildi. Tadbirda asosan kelib tushayotgan ijtimoiy ko'mak, bandlik va tibbiy yordam masalalari hamda "Yoshlar daftari", “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak berish masalasiga alohida urg‘u berildi.
Sayyor qabulda 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 25 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 2 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan 13 ta murojaat o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Jumladan, "Qo'shqanot" mahallasida yashovchi Ozoda Isroilova "Kadiologiya" markaziga davolanish uchun order so'rab murojaat qildi."Paxtazor" mahallasida yashovchi fuqaro Aziza Po'latova esa o'g'lining shartnoma to'lovini to'lab berishda amaliy yordam berishni so'radi.
Jarayonda aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, pensiya va nafaqa tayinlash, bolalar puli, moddiy yordam va ipoteka krediti uchun subsidiya olish tartibi, shuningdek, mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaatlar bo'ldi.
Shuningdek, sayyor qabulda FHDY xodimlari, notariuslar tomonidan aholini ushbu yo‘nalishlardagi murojaatlariga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Shu kuni 6 nafar fuqaroga ta'lim uchun tafsiyanoma va 4 nafar fuqaroga davolanish uchun orderlar topshirildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy
Navoiy viloyatida “Kontrafaktsiz oy" oyligi bo‘lib o‘tmoqda. Oylik doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari va yoshlar aksiyalari tashkil etib borilayapti.
@adliyangiliklari
Navoiy viloyatida “Kontrafaktsiz oy" oyligi bo‘lib o‘tmoqda. Oylik doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari va yoshlar aksiyalari tashkil etib borilayapti.
@adliyangiliklari
#Adliya_infografika
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi
@adliyangiliklari
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi
@adliyangiliklari
#Ijtimoiy_aksiya
Merosxo‘r o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan merosni yoki o‘z ulushini meros ochilgan vaqtdan olish huquqiga ega bo‘ladi.
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e'tiboran 6 oy o‘tganidan keyin beriladi.
Notarius tegishli guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma 6 oy o‘tmasdan oldin berilishi mumkin.

Siz o‘z yashab turgan hududingizda kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz qanday yo‘l tutasiz?
(variantlardan bir yoki bir nechtasini tanlab ovoz berish tugmasini bosing)

Anonymous Poll
49%
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti yoki viloyat adliya boshqarmalariga murojaat qilaman
24%
Savdo shahobchasidagi sotuvchidan mahsulotni rastadan olib tashlashini iltimos qilaman
10%
Mahsulot qadog‘ida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchiga telefon qilib e'tirozimni bildiraman
45%
Mahsulotni sotib olmayman
15%
Hech qanday chora ko‘rmayman va e'tiborsiz qoldiraman