ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish maqsadida o‘tkazilayotgan Uchtepa tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi binosida adliya vaziri Akbar Toshqulovning sayyor qabuli davom etmoqda.

📍Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️ “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi natijalari aniqlandi

Xabaringiz bor, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi o‘tkazilishi e'lon qilingan.

Tanlovda qatnashish uchun arizalar (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) 2022-yil 10-dekabrgacha maxsus telegram boti orqali qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, belgilangan muddatga qadar tanlovda ishtirok etish uchun jami 28 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushdi.

📌 Eslatib o‘tamiz, tanlov maqsadiga ko‘ra, ishtirokchilar aholiga ayniqsa, yoshlarga qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini anglatib borish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib borishini ta'minlovchi innovasion loyihalarni taqdim etish nazarga tutilgan edi.

Shunga muvofiq, ishtirokchilarning innovatsion loyiha va g‘oyalari belgilangan tartibda komissiya a'zolari tomonidan o‘rganib chiqildi.

❕ Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan innovatsion loyiha va hujjatlar tanlov nizomiga nomuvofiqligi (jumladan, to‘liq shakllantirilmaganligi, kamchiliklar mavjudligi, shuningdek loyihalarning dolzarbligi va huquqiy ongni yuksaltirishdagi imkoniyati yetarli darajada emasligi, asosan bir yo‘nalish bilan cheklanib qolganligi, tanlov mazmuniga mos bo‘lmagan loyihalar taqdim etilganligi) jihatdan ishtirokchilar g‘oliblikka tavsiya etilmadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida kengaytirilgan tartibda sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🔅Mobil-ID tizimidan ro‘yhatdan o‘tishga shoshiling!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi farmoniga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.

2023-yil 1-yanvarga qadar oz muddat qoldi!

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Imtiyozli pensiyaga chiqishi rad qilingan fuqaroning manfaati sudda himoya qilindi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunga binoan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda kamida 5 yil ishlagan erkaklar va kamida 3 yil 9 oy ishlagan ayollarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.

Gapni nega qonunchilikdan boshlaganimizning sababi bor. Aniqlanishicha, Bulung‘urlik fuqaro A.J. qonuniy huquqlaridan foydalanib, imtiyozli yoshga doir pensiyaga chiqish maqsadida murojaat qilganida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan unga pensiya tayinlash rad etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_markazlariga_5_yil

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” konvension markazida “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” bayram tadbiri o‘tkazilinmoqda.

Tadbirning birinchi kuni “Galstuksiz” uchrashuv boʻlib, unda tadbir ishtirokchilari oʻrtasida erkin seminar, timbilding hamda psixolog trening tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish kerak, bunday tadbirlarning tashkil etilishi jamoada birdamlikni mustahkamlash, xodimlarni oʻzaro hamfikr boʻlishga, ishdagi unumdorlik sifatini oshirishga va boʻsh vaqtdan unumli foydalanishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_sharhi

Adliya vaziri: ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tilmoqda

Davlat boshqaruvi tizimi, xususan, vazirlik va idoralar ko‘pligi jamoatchilikning tanqidi va e'tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan masalalardan biri edi.

Bu yo‘nalishda mamlakatimizda muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Adliya vaziri Akbar Toshqulov shu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк