ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

“P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

Boshqarma tomonidan "P.I.N." MChJning arizasi o‘rganib chiqilib, uning manfaatida “P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T ga tegishli turar-joy obyektiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritilgan.

Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yil 14-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan, boshqarma tomonidan kiritilgan shikoyat qanoatlantirilib, murojaatchi "P.I.N." MChJning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach
Zarafshonda mahalla raislari va xotin-qizlar faollariga 500 mln soʻmga yaqin qoʻshimcha pul mablagʻlari toʻlab berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik firmasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlanadigan davlat boji miqdori qancha?

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga muvofiq, advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 2 baravari, yuridik maslahatxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan yetim bolaning buzilgan huquqlari tiklandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi
6 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 16-dekabrdagi 9/2022-sonli bayonnomasiga asosan:

1. Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Munavvarovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
2. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Y.Ergashevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
3. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius T.Usmanovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
4. Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K.Saipovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
5. Bektemir tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius E.Shadiyevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
6. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius S.Abdujalolovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakllari qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 542-sonli qarorga ilova qilingan “Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”gi muvofiq, Advokatlik tuzilmalarining quyidagi takshkiliy shakllari mavjud. Bular advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hayʼati va yuridik maslahatxona.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi qanday hollarda bekor qilinadi?

— Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 785-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandiga asosan, fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan bekor qilinadi:

▫️O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;

▫️mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;

▫️mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;

▫️sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;

▫️fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;

▫️soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

▫️umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

▫️vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Bunda, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yuridik shaxs qachon tugatilgan hisoblanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga muvofiq, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning davlat reestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan onlayn-uchrashuvida qatnashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya yordamida 160 million so‘mdan ziyod kompensatsiya puli egalariga beriladigan bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘onlik 2 nafar fuqaroning “Kadan” chorrahasida joylashgan do‘konlari tuman hokimining qarori bilan buzib tashlanib, o‘rniga kompensasiya puli to‘lab berilmagani aniqlandi. Kompensaеsiya pulining umumiy qiymati 160 million so‘mdan oshadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yuridik shaxsning tugatish qarorida qanday ma’lumotlar boʻlishi kerak?

Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
▫️tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
▫️tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
▫️tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
▫️tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

🔎 Adliya vazirligi tizimida 109 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan

Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva tizimda korrupsiyaga karshi kurash ishlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida:
▫️davlat xizmatlarini ko‘rsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi;
▫️ Prezident qarori ijrosi yuzasidan vazirlik zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalar ijrosi ta'minlandi;
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti tasdiqlandi;
▫️mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qo‘yish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi va unga imtiyozlar bormi?

— Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” 9-bandiga asosan, ushbu davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yuqorida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuqorida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓“Ayollar daftari” nima va unga qanday toifadagi ayollar kiritiladi?

— Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, ayollar daftari – ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
▫️ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
▫️tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
▫️boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
▫️ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
▫️uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
▫️qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣📣Adliya vazirining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi

Joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish maqsadida joriy yilning 23-dekabr kuni soat 15:00 da Uchtepa tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu sayyor qabulda adliya tizimiga oid sizlarni qiynab kelayotgan masala va muammolar bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy (lokatsiya).

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi ” tanlovi boshlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 412 million so’mga yaqin pul mablag’lari undiriladigan bo’ldi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Norin tumani, Haqqulobod shahri, "Yaydoq" mahallasida yashovchi fuqaro Ravshan Yakubovning Norin tumani, Haqqulobod shahri markazida joylashgan buzilgan bino-inshooti uchun kompensatsiya pullari toʻlanmaganligidan noroziligi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari