ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

SAMARQAND VILOYATIDA 8 NAFAR NOTARIUSNING LITSENZIYALARI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 6-dekabr kunidagi 14-son yig‘ilish qaroriga asosan, boshqarma tomonidan
8 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi.
Ular quyidagilar:

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uchun taqdim etilgan arizaga nimalar ilova qilinadi?

Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish, uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);
▫️barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
▫️agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅️Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliyadan_javob

❓Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?

Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
a) ro‘yxatdan o‘tkazishda:
▫️franshizing shartnomasi;
▫️xorijiy litsenziar uchun — xorijiy davlatning tegishli davlat reyestridan ko‘chirma yoki uning o‘rnini bosuvchi tegishli hujjatlar.
b) muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
▫️franshizing shartnomasiga kiritilayotgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasi;
▫️sud organining qarori asosida franshizing shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda — ushbu hujjatning nusxasi taqdim etiladi.

Bunda mazkur holatlarda ariza beruvchi ishonchnoma asosida ish ko‘radigan shaxs bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning vakolatini tasdiqlaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatning nusxasi ham taqdim etiladi.

Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlar davlat tili yoki rus tiliga notarial tartibda tarjima qilingan bo‘lishi talab etiladi.

Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir miqdorida yigim undiriladi.

YIDXP orqali murojaat qilinganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

ADLIYA ARALASHMAGANDA QARIYB 100 MILLIONLIK USTAMA PULLARI TO‘LANMAGAN BO‘LARDI

Pastdarg‘om tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining kutubxonachi-xodimlari Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Chunki ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan qariyb 100 million so‘mlik ustama pullari o‘z vaqtida to‘lanmasdan, qonuniy manfaatlari buzilayotgandi.

Ya'ni, tuman xalq ta'limi bo‘limi hisobxonasi tomonidan tumandagi 128 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi jami 158 nafar kutubxonachi-xodimlarga 73 million 518 ming 845 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to‘lanmasdan kelingan.

Ma'rifat maskanlari xodimlarining manfaatini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta'limi bo‘limiga ta'sir choralari kiritildi. Natijada paysalga solinib kelingan qo‘shimcha ustama haqlari undirilib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Darslik kitoblarning kontrafakt nusxalari aniqlandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat

🎙Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan 20-dekabr soat 11:00da tadbirkorlarda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolarni oʻrganish boʻyicha "Huquqiy gap" ovozli chati tashkillashtirilmoqda.

📈Ushbu ovozli chatda tadbirkorlar intellektual mulk sohasidagi amaliyotda qiynayotgan muammoli holatlarga va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

👥Savollarga Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi xodimlari javob beradi.

Ovozli chatga @adliyaimd Telegram kanal orqali ulanishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
ISHTIXONDA O‘QITUVCHILARNING HUQUQLARI BUZILDI

Ishtixon tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktor o‘rinbosari T.Z. joriy yilning 5-sentabr sanasidan mehnat ta'tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga 6 million 564 ming so‘m ta'til puli to‘lab berilmagan.

Shuningdek, tumandagi 47-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi O.X. ham homiladorlik va tug‘ish ta'tiliga chiqqaniga qaramay, mazkur mazmundagi buyruq rasmiylashtirilmagan va 11 million 273 ming 514 so‘m so‘m miqdordagi homiladorlik va tug‘ruq ta'tili pullari to‘lanmagan.

Mazkur fuqarolarning murojaatlariga asosan Ishtixon tuman adliya bo‘limi o‘rganish olib borib, natijasiga ko‘ra, tegishli ta'sir choralarini qo‘lladi. Shundan so‘ng ikkala fuqaroning ham qonuniy manfaatlari ta'minlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Ishtixon tuman adliya bo‘limiga 421 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 30 dan ortig‘i aynan mehnat va ish bilan bog‘liq masalalarga oid.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnomani olish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamenti”ga koʻra, ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun BHMning 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

@adliyangiliklari
#murojaatnoma2022

⚡️2023-yil — "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilindi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish arizasiga qanday nimalar ilova qilinadi?
a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
▫️nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda). Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim.
b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
▫️yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Adliya spartakiadasi” bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari