ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari uchun trening tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Samarqand viloyatida 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 14-noyabr kunidagi 12-son yig‘ilish qaroriga asosan, boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 15-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan

▪️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D. Yusupova (litsenziya SA № 0056, 24.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga,
▪️Urgut tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G‘. Xoshimov (litsenziya SA № 0051, 23.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 2 (ikki) oy muddatga,
▪️Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A. Mirshayev (litsenziya SA № 0079, 21.02.2022-yil) ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2022-yil 16-noyabr kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir

18 noyabr
– “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil 9-oylik faoliyati hamda kompleks tekshiruv yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi va unda adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev ishtirok etdi.

Dastlab, kun tartibidagi masala yuzasidan Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari R. Eshboyevning axboroti eshitildi. Shundan so‘ng, adliya vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari X. Meliyev aniqlangan xato va kamchiliklar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mo'ynoq tumanida notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 17-noyabr kuni bo'lib o'tgan 17-sonli majlis qaroriga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 18-noyabr kungi 285-um-sonli buyrug'i qabul qilinib, unga ko'ra Mo'ynoq tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius D. Urazbayevning (litsenziya QR 0037-son, 22.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilish muddati 17-noyabr sanasidan e’tiboran 15 (o'n besh) kun muddatga to'xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

SAMARQANDDAGI ADLIYA BO‘LIMLARIDA “HUQUQIY KO‘MAK DARCHASI” FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILMOQDA.

Ma'lumki, adliya vazirining 2022-yil 11-noyabrdagi 272-sonli buyrug‘iga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” tashkil etilishi belgilangan. Mazkur buyruq ijrosini ta'minlash hamda sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatdagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️"Notarial harakatlarni amalga oshirish sohasidagi huquqiy maslalari!" mavzusida ovozli chat tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

➖O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi;

➖Notariat sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar.

⏰Ovozli chat 19-noyabr kuni soat 17:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Adliya_xabari

Latviya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – adliya vaziri Yanis Bordans hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Bugun, 22-noyabr kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: “Nodavlat notijorat tashkilotlari — davlat organlarining asosiy hamkori”.

📲 Matbuot anjumani translyasiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

DAVLAT XIZMATCHISI QANDAY BO'LISHI KERAK?

Navoiy shahridagi "Madaniyat markazi"da tashkil etilgan targ'ibot tadbirida ana shu savolga javob topildi.

Xabaringiz bor, “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning mazmun mohiyatini davlat xizmatchilari oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida o'tkazilgan Seminar-treningda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi mas'ullari, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlarini oldini olish toʻgʻrisida to'xtalib o'tildi.

@adliyangiliklari
​#Huquq_va_bolalar

Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi

Mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Adliya vazirligining buyurtmasiga binoan, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti “Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi” nomli loyiha o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan edi.

Loyiha maqsadi:
▪️aholi gavjum mahallalarida joylashgan Toshkent shahridagi 1 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va Farg‘ona shahridagi 1 ta maktabda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv maydonchalarini tashkil etish;
▪️ yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yosh bolalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida didaktik o‘yinlarni o‘tkazish;
▪️ bolalarni yo‘l harakati qoidalariga o‘rgatish uchun turli tanlovlar, viktorinalar va musobaqalarni tashkil etish hisoblanadi.

Unga ko‘ra, loyihani amalga oshirishga Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti biriktirilgan bo‘lib, loyiha doirasida mazkur MMT da bolalar uchun zarur bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi kerakli barcha belgilar bilan ta'minlangan yo‘l harakati maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga doir tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hozirda ushbu maydonchada yo‘l harakatining bevosita ishtirokchisi hisoblangan bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha dars jarayonlari olib borilmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar nihoyatda dolzarb ekanligi, MTT tarbiyalanuvchilarining yo‘l-harakati qoidalarini o‘rganishdagi ahamiyati juda katta bo‘lishi va ularning bu boradagi bilimlarni egallashiga beqiyos xizmat qilishini ta'kidladi.

@adliyangiliklari