#Huquq_va_bolalar
Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi
Mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Adliya vazirligining buyurtmasiga binoan, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti “Bolalar yo‘l harakati ishtirokchisi” nomli loyiha o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan edi.
Loyiha maqsadi:
▪️aholi gavjum mahallalarida joylashgan Toshkent shahridagi 1 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va Farg‘ona shahridagi 1 ta maktabda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv maydonchalarini tashkil etish;
▪️ yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yosh bolalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida didaktik o‘yinlarni o‘tkazish;
▪️ bolalarni yo‘l harakati qoidalariga o‘rgatish uchun turli tanlovlar, viktorinalar va musobaqalarni tashkil etish hisoblanadi.
Unga ko‘ra, loyihani amalga oshirishga Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti biriktirilgan bo‘lib, loyiha doirasida mazkur MMT da bolalar uchun zarur bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi kerakli barcha belgilar bilan ta'minlangan yo‘l harakati maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga doir tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Hozirda ushbu maydonchada yo‘l harakatining bevosita ishtirokchisi hisoblangan bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha dars jarayonlari olib borilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar nihoyatda dolzarb ekanligi, MTT tarbiyalanuvchilarining yo‘l-harakati qoidalarini o‘rganishdagi ahamiyati juda katta bo‘lishi va ularning bu boradagi bilimlarni egallashiga beqiyos xizmat qilishini ta'kidladi.
@adliyangiliklari