ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya “Angidon”da

“Angidon” Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri. Xatirchi tumaniga qarashli bu maskan shahar markazidan qariiyib 300 km uzoqlikda joylashgan.

Bu yerda adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hushxabar

⚡️Adliya vazirligi ISO/IEC 27001:2013 xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi o‘z faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida “SMS SYSTEMS” konsalting kompaniyasi bilan birgalikda axborot xavfsizligi menejment tizimini ISO/IEC 27001:2013 xalqaro standarti talablari asosida joriy qildi.

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Adliya vazirligi hamda BMT TD shuningdek, RR kompaniyasi ishtirokida mazkur sertifikat Adliya vazirligida tantanali ravishda topshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo'yicha eksperiment o'tkaziladi

“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (540-son, 28.09.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish bo'limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023- yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Tug'ilganlik holati FHDY bo'limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma'lumotnoma beriladi va ushbu ma'lumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo'yicha huquqiy eksperiment o'tkaziladi.

⏳Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.

Shunga ko'ra, qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik ma'muriy reglament tasdiqlandi.

⚠️ Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig'inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.