ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy tadqiqot
#tezkor

⚡️Ayni paytda “Radisson Blu Hotel” mehmonxonasida “Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy
va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilmoqda.

👉 Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi tashkilotchiligida o'tkazilayotgan konferensiyada AQSH, Ozarbayjon, Yaponiyadan xorijiy ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda sud-huquq sohasi milliy institutlari vakillari, mamlakatimizdagi yuridik oliy o‘quv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etmoqda.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining rasmiy telegram kanaliga ulaning 👇

https://t.me/+y99LEfr9Myo4MTNi
#Xalqaro_hamkorlik

🔻Ayni damda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va Gruziya Intellektual mulk markazi (Sakpatenti, National Intellectual Property Center of Georgia) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida tovarlarni "geografik ko‘rsatkich" sifatida huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:

- geografik ko‘rsatkichlarga doir talabnomalarni ramiylashtirish, topshirish va ko‘rib chiqish;

- geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi so‘ralayotgan tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini (spetsifikatsiyasini) bayon qilish:

- geografik ko‘rsatkich sifatida muhofaza qilingan tovarlarning sifatini doimiy nazorat qilish;

- geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilishda mustaqil nodavlat tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati hamda boshqalar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati institutlari va OAV o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi

👉Batafsil

@adliyangilliklari
#Intellektual_mulk

O‘tkir Hoshimovning o‘g‘li shikoyat qildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tushuntirish

⚡1008 – Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”

Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” (“Call-center”) 1008 qisqa raqami hisoblanib, bu to‘g‘risida vazirlikning rasmiy sayti va boshqa axborot vositalarida ko‘rsatib o‘tilgan.

Vazirlikning mazkur “Ishonch telefoni” orqali qo‘ng‘iroqlar bayram kunlaridan tashqari dushanba kunidan juma kunigacha (juma kuni ham) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

Bundan tashqari, vazirlikning davlat xizmatlari sohasidagi masalalar bo‘yicha 1148 qisqa raqamli aloqa-axborot markazi orqali maslahatlar berilib, murojaatlar qabul qilinib kelinmoqda.

“Kun.uz” tahririyati tomonidan “Ishonch telefon”larga bog‘lanish uchun 2022-yil 23-avgustda vazirlikning 1008 yoki 1148 qisqa raqamli telefon raqamlariga emas, balki 0371-207-04-43 raqamiga qo‘ng‘iroq qilingan.

Mazkur telefon raqami (0371 207-04-43) vazirlikning “Ishonch telefoni” hisoblanmaydi. Ushbu raqam umumiy bo‘lim xodimlarining ishchi raqami bo‘lib, u orqali vazirlikka yuborilgan xat va hujjatlarning elektron hujjatlar almashish tizimdagi ijrosi va vazirlik faoliyatiga oid umumiy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish mumkin.

Ma'lumot uchun qayd etish lozimki, 2022-yilning 23-avgust kuni yuqoridagi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiluvchilar tomonidan o‘rtacha ulanish uchun kutish vaqti ikki daqiqani tashkil qilgan.

Bunda shu kuni: 1008 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali jami 229 ta qo‘ng‘iroqlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 176 nafar murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berilgan va 53 nafar murojaat etuvchilarning murojaatlari o‘rganish talab etilganligi sababli ro‘yxatga olinib, ijroga qaratilgan;

1148 qisqa raqamli aloqa-axborot markazi orqali jami 454 ta qo‘ng‘iroqlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 448 nafar murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berilgan va 6 nafar murojaat etuvchilarning murojaatlari o‘rganish talab etilganligi sababli ro‘yxatga olinib, ijroga qaratilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatish va targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha maxsus seminar tashkil qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari