ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Biz_birgamiz

Tez orada ''Maftunkor ranglar jilosi'' tanlovi g‘oliblari aniqlanadi

Toshkent viloyatining tog‘ yon bag‘rida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovi doirasida shaxmat sport turi va rasm chizish bo‘yicha bellashuvlar davom etmoqda.

Tanlov Adliya vazirligining ''Biz birgamiz'' loyihasining jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlaridan biridir.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xabar berilganidek, bugun 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovi doirasida shaxmat sport turi va rasm chizish bo‘yicha bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning 14 hududidan jami 28 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Tanlovning rasm chizish turi bo‘yicha g‘oliblar:
1- o‘rin — Sevinch Baxriddinova (Buxoro)
2- o‘rin — Anora Samieva (Namangan)
3-o‘rin — Xosiyat Abdukulova (Sirdaryo)
Tanlovning shaxmat turi bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin — Elmurodov Islom (Buxoro);
2-o‘rin — Ergashev Abduqodirov (Andijon);
3-o‘rin — Shamiddinov Arslonbek (Sirdaryo)
Barcha g‘olib bolajonlarni tabriklaymiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” huquqiy ijodiy tanlovi g‘olibi aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida o‘tkazilgan huquqiy ijodiy tanlov nihoyasiga yetdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)dan (F.Madrahimova), Adliya vazirligidan (G.Ergasheva, Sh.Soatova), "Adolat" milliy huquqiy axborot markazidan (F.Tojiev) hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya (J.Sirojev)lardan tashkil topgan hakamlar hay'ati tomonidan huquqiy mavzudagi media mahsulot (foto, audio va video materiallar) yo‘nalishida ishtirok etgan Bobur O‘tkirovich Elmurodov g‘olib deb topildi.

🎁 Tanlov g‘olibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.

⏩ G‘olib ishtirokchi videoroligini kuzatish uchun havola: https://youtu.be/adAr9FXW3VE

@adliyangiliklari
#Mualliflik_huquqi

Turli davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik uchun jazo choralari belgilangan.

Masalan:
1. AQShda jarima 250,000 AQSh dollarigacha hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
2. Buyuk Britaniyada 60,000 funt sterlinggacha jarima hamda 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
3. Germaniyada 50,000 yevrogacha jarima hamda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
4. Fransiyada 500,000 yevrogacha jarima hamda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
5. Hindistonda eng kamida 50,000 hind rupisida jarima hamda 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 30-noyabrdan 2-dekabrgacha Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm 2022” 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka o‘tkaziladigan joy sifatida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyoni tanlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Andijon viloyatida ishlayotgan 2300 nafar xodimlar “Mobile-ID” tizimida identifikatsiyadan o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Toshloq tuman hokimligi tadbirkorga 93 million so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Yashash va transport xarajati uchun subsidiya haqida ma’lumot bersangiz.

— Yashash va transport xarajati uchun subsidiya — nogironligi boʻlgan yoshlarga ularning nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrganishi, ularda kasbiy koʻnikmalarning shakllantirilishi, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni oʻrganishi davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan subsidiya hisoblanadi.
_____________

❓Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda qanday hujjatlar talab etiladi?

— Transport xarajatlarini qoplash soʻralganda — yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud boʻlsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

Yashash xarajatlarini qoplash soʻralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud boʻlsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).
_______________

❓Oʻqish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori qancha?

— Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti”ga asosan, oʻqish xarajatlari uchun subsidiya har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yaponiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti hamda Tadqiqot va trening instituti direktori Naito Sintaro boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham Bosh prokuratura akademiyasi xodimlari bilan aynan huquqiy targʻibot sohasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tajribasi, jumladan, mazkur yoʻnalishda mahallabay asosida qilinayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar koʻlami bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida boʻlishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari