ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_aralashgach

Adliya qurilish muammolariga amaliy ko‘mak berdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📢📢Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 7-sentabr kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida press-konferensiya o‘tkaziladi.

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan.

🔴 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebukdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
​#Adliya_tashabbus

Adliya kitobxonlari chempionati
2-davra o‘yinlari

Natijalar
1-o‘rin
– Toshkanov Nurbek, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey katta o‘qituvchisi (10-raqamli taqriz) –108 ball;

2-o‘rin – Hamroqulov Sindor, Adliya vazirligi Markaziy apparati Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi bosh maslahatchisi (59-raqamli taqriz) – 103 ball;

3-o‘rin – Ahmedov Hurmatbek, Yangiariq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi (74-raqamli taqriz), 102 ball.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Ergashev Zafar
, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining Sud-huquq sohasi tahlili boʻlimi bosh maslahatchisi– 101 ball
(66-raqamli taqriz);

Boboyev Jamshid, Adliya vazirligi Markaziy apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi – 101 ball – (92-raqamli taqriz);

Ibragimova Aziza, Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi – 100 ball – (57-raqamli taqriz).

Kitobxonlik musobaqasi barcha adliya organari va muassasalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan xodim o‘zi o‘qigan kamida bitta kitob to‘g‘risida taqriz yozib jo‘natishi lozim.

Hakamlar ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholadilar:
✅tanlangan kitobning maqsadga muvofiqligi: xodimning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirishga ko‘maklashish ahamiyatiga egaligi;
✅taqrizda mustaqil fikrlash va dunyoqarashning, shaxsiy munosabatning aks etganligi;
✅taqrizning tahliliy jihati: asoslar va argumentlarga boyligi, qiyosiy va tanqidiy tahlil usullaridan samarali foydalanganlik;
✅imlo xatolardan xolilik, matnning grammatika va uslubiyot qoidalariga muvofiqligi.

Hakamlar hay'ati
Baholash jarayoni
Baholar va taqrizlar

Pirovardida, 6 hakamning baholari jamlanib, natijalar qayd etildi.

Gʻoliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin – bukrider
2-o‘rin – mikroto‘lqinli pech
3-o‘rin – smart soat

G'oliblarni qutlaymiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

📹Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan Matbuot anjumanida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan berilgan savollar va ularga berilgan javoblar.

Mobil-ID tizimidan xorijiy davlat fuqarolari foydalanishi mumkinmi?

Savolga
adliya vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Javohir Kulizoda javob berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashuv

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri AQSh elchisining O‘zbekistondagi faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lganligini alohida ta'kidladi.

Jumladan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, ta'lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o‘zgarishlarni faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi D.Rozenblyum ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholadi hamda Amerika tomoni hamkorlikdagi samarali faoliyatni yanada jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Yuridik texnikumlarni tamomlagan 51 nafar bitiruvchilar suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘ldi!

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bo‘lgan bitiruvchilariga, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga kirish huquqi belgilangan.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda 9 nafar o‘quvchilar TDYU talabasi bo'lgan. Joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 6 baravarga oshdi.

@adliyangiliklari
❗️DIQQAT, EʼLON!

⚡️Ichki ishlar elektron tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

✅Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan, texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Shu sababdan, ayrim davlat xizmatlaridan (ID-karta rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish hamda Avtomobil tarixi maʼlumotlarini aniqlash) foydalanishda vaqtincha uzilishlar yuzaga kelmoqda.

💁🏻‍♂️ Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔅Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining 78 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangani e'lon qilingan edi.

Jumladan Samarqand viloyat yuridik texnikumi 5 nafar o‘quvchisi ham Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Bugun texnikumda Vazirlik stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.

— Men eng baxtli o‘quvchilardanman, — deydi Texnikum o‘quvchisi Sitora Oydinova. — Bugungi kunda biz yoshlarga, ayniqsa, bo‘lajak yuristlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Biz yoshlar yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, namunali o‘qishimiz bilan munosib javob qaytarishga va'da beramiz.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

💡Sizda yuridik texnikumlarda o‘qish uchun yana bir imkoniyat bor

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga muvofiq:
▪️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar;
▪️respublika oliy ta’lim muassasalarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlaridagi o‘tish balini to‘plagan ( Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari bo‘yicha minimal o‘tish bali (44 ball)), o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar;
▪️chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Ushbu toifadagi abituriyentlar, joriy yilning 25-sentabriga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

Siz ham shoshiling imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin? Seminarlarda shu haqida so‘z bormoqda.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Samarkand davlat tibbiyot universitetida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Teatr arboblari uyushmasi”ning teatr spektakli bo‘yicha xulosa olinishi lozimligi yuzasidan davlat tashkilotlariga kiritgan xati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga oluvchi organ sifatida Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik va ta'sis hujjatlariga rioya etishi, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi, o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.

“Teatr arboblari uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsatnoma berishi bilan bog‘liq munosabatlarga aralishishi ustav faoliyatidan chetga chiqish va qonunchilik talablarini buzish deb hisoblanadi.

“Teatr arboblari uyushmasi”ning 2022-yil 7-sentabrdagi 01-02-71-son xati qonuniy kuchga ega emas.

Shunga ko‘ra, “Teatr arboblari uyushmasi” qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida 2022-yil 10-sentabr kuni yozma ravishda ogohlantirildi va davlat tashkilotlariga yuborilgan xatini ijrodan chaqirib olish haqida ko‘rsatma berildi.

Qayd etish lozimki, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga ko‘ra, teatrlar badiiy yo‘nalishlarni, repertuarni tanlashda, sahna asarlarini yaratish, ommaviy ijro etish va (yoki) ommaviy namoyish qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, shuningdek samarali ijodiy jarayonni va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda erkindir.

Ularning faoliyatiga aralashish madaniy faoliyat sohasidagi asosiy prinsiplardan biri bo‘lgan “ijodiy faoliyat erkinligi”ga ziddir.

Shu bilan birga, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko‘ra, madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga, shuningdek, o‘zga shaxslarning huquqlarini kamsitishga qaratilgan plakatlar, timsollar, transparantlardan va boshqa ashyolardan foydalanish taqiqlanadi.

Kelgusida nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ustav faoliyatidan chetga chiqish holati takrorlansa, ma'muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi va faoliyatini to‘xtatish yuzasidan sud organlariga murojaat qilinishi haqida ma'lum qilindi.

@adliyangiliklari