ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xalq_xizmatida

Mustaqillik yillarida xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan ayrim muhim islohotlar

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Jaloliddin Ahmadaliyevni sudga berishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_tashabbus

“Adliya kitobxonlar chempionati”: baholash qanday amalga oshiriladi?

Adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Adliya kitobxonlari chempionati”ga kelib tushgan ishlarning hakamlar tomonidan baholash jarayoni davom etmoqda.

Jarayon quyidagi tartibda kechmoqda.

Chempionatga 92 ta taqriz kelib tushdi. Ular 6 nafar hakam tomonidan avval e’lon qilingan 4 ta mezon bo‘yicha har bir mezonga 5 ballgacha baholash tizimida baholanmoqda. Har bir taqriz bir hakamdan eng ko‘pi bilan 20 ball, jami 120 ball to‘plashi mumkin.

Jarayonda xolislikni ta’minlash uchun hakamlarga ishlar mualliflari yashirilgan holda, raqamlab berilgan. Ya’ni hakamlar jarayon oxirigacha ishtirokchining shaxsini bila olmaydilar.

Pirovardida, 6 hakamning baholari jamlanib, yakuniy ballar asosida g‘olib e’lon qilinadi.

Hozirda baholash jarayoni qizg‘in pallada. Tez kunlarda g‘oliblarni e’lon qilamiz. Bizni kuzatib boring.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

NAVOIY ADLIYA: ISTIQLOL NASHIDASI

Respublikamiz bo'ylab keng nishonlanayotgan O'zbekiston Respublikasining 31 yilligi Navoiy viloyat adliya organlar tizimida ham ko'tarinkilik bilan qarshi olindi.

Sana munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida sohada faoliyat yuritgan 10dan ortiq faxriylar, tizim xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda keng ko'lamli huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Bu orqali adliya organlarining jamiyatdagi o'rni va mavqeyi ortdi desak mubolag'a emas. Tadbirda shu haqda so'z yuritilar ekan, tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy xizmat sifati oshgani, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish markazlashgan holda tegishli tartibda tashkil etilayotgani, fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratilayotganiga alohida urg'u berildi.

— 1992 yillarda Navoiyda adliya boshqarmasiga boshliq bo'lganman. U kezlarda ham tirishib ishlaganmiz, ammo bugungi kabi imkoniyatlar yo'q edi. Endi esa adliya tizimi havas qilgulik darajada, shinam, keng binolar, moddiy rag'batlantirish tubdan yaxshilangan. Qani endi yoshlik qaytsa-yu, boshqatdan ish boshlasak. Faqat ana shunday imkoniyatlarni qadriga yetib, qonun yo'lida adolat va haqiqatni bayroq qilib ishlash kerak. Huquqshunos har doim haqiqat tomonida bo'lishi shart, — dedi Navoiy viloyat adliya boshqarmasi faxriylar kengashi a'zosi Nurlan Karimov.

Tadbir davomida faxriylar va sohada samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarga adliya boshqarmasi tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari topshirildi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya faxriylari yo‘qlandi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi oldidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan adliya tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari va Adliya vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablag‘lari topshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Adliya vazirligi: Advokatlik guvohnomasini olish yanada yengillashmoqda

Hozirda advokatlik guvohnomasini olishda ariza berish uchun adliya organiga borish, ortiqcha hujjatlar taqdim etish, guvohnoma rasmiylashtirilgach, uni olib ketish uchun organga takroran tashrif buyurish talab etiladi.

Batafsil — http://dy.uz/kQ2cK

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga 925 181 352 so‘m kompensatsiya undiriladigan bo‘ldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylari kengashining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Xatirchi tumanida “Oltinsoy” shirkat xo‘jaligining 72 nafar a’zolariga 380 million so‘mdan ortiq pay ulushlari undirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning qonuniy manfaati tiklandi

Fuqaro Q. Toshpo‘latova 2004-yildan Kattaqo‘rg‘on tuman “Kattaming” qishlog‘ida joylashgan dorixona binosini qonuniy tarzda sotib olib, u yerda dorixona faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ammo 2018-yilning iyun oyida tuman hokimligi tomonidan ushbu dorixona binosi buzilib, fuqaroga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va yetkazilgan zarar qoplab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari