ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Tarbiyachi adliya aralashuvi bilan ishga tiklandi

Bulung‘ur tumanidagi “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqaro A. Eshnazarova 2019-yil tumandagi 3-sonli DMTTga tarbiyachi bo‘lib ishga kirgan. Oradan bir necha yil o‘tib, joriy yilning fevral' oyidan kasallik varaqasi bilan ta'tilga chiqishiga to‘g‘ri kelgan. Kasallik ta'tili tugandan so‘ng, ya'ni 2022-yil 21-iyun kuni ishga chiqish uchun borganida mazkur DMTT direktori “Ish o‘rni yo‘q”, degan vaj bilan ishga chiqishga ruxsat bermagan. Shundan so‘ng huquqlari poymol bo‘lgan fuqaro A. Eshnazarova tuman adliya bo‘limiga mazkur muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda ushbu muammo o‘z tasdig‘ini topgan. Bo‘lim tomonidan 3-sonli DMTTga taqdimnoma kiritilib, ko‘rilgan ta'sir choralarin natijasida murojaat muallifi A. Eshnazarovaning ishga tiklanishi ta'minlandi.

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Shoir buyurtmachi ustidan adliyaga shikoyat qildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#2022_yil_1_sentabrdan

Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari — 900 ming so‘mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

🔹bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz (90 ming so‘m);
🔹olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz (450 ming so‘m);
🔹uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz (900 ming so‘m).

Batafsil infografikada👆

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

❓Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘lovlar bilan bog‘liq qanday imtiyozlar mavjud?

❗️Javob
:

📌“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirmalar qo‘llanilishi belgilangan.

✅Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_tashabbus

"Adliya kitobxonlari chempionati" 2-davra o‘yinlari hakamlar hay’ati bilan tanishing.

Ushbu kitobxonlik musobaqasi barcha adliya organari va muassasalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan xodim o‘zi o‘qigan bir yo bir nechta kitob to‘g‘risida taqriz yozib jo‘natishi lozim edi. Hakamlar ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydilar:

🔹tanlangan kitobning maqsadga muvofiqligi: xodimning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirishga ko‘maklashish ahamiyatiga egaligi;

🔹 taqrizda mustaqil fikrlash va dunyoqarashning, shaxsiy munosabatning aks etganligi;

🔹 taqrizning tahliliy jihati: asoslar va argumentlarga boyligi, qiyosiy va tanqidiy tahlil usullaridan samarali foydalanganlik;

🔹 imlo xatolardan xolilik, matnning grammatika va uslubiyot qoidalariga muvofiqligi.

Bugungi kunga qadar tanlovga 100 ga yaqin taqrizlar kelib tushdi. Hozirda baholash jarayonlari ketmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mustaqillik bayramida necha kun dam olamiz?

❗️2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam olinadi.

Bular:
● 1-sentabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;
● 2-sentabr (juma) – qo‘shimcha dam olish kuni;
● 3-sentabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 4-sentabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Bugun, 24-avgust kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida

📲 Matbuot anjumani translyasiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillikka_31_yil #Mustaqillik_yoshlari

Adliya vazirligi tomonidan yangi "Mustaqillik yoshlari" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan

Ushbu loyiha orqali vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan mustaqillikning yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega yosh huquqshunoslarning muvaffaqiyat sirlari haqida ma'lumotga ega bo‘lasiz.

O‘z xizmat vazifasiga mas'uliyat bilan yondashadigan bilimli yoshlarimizdan biri Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi mas'ul xodimi Aziza Hakimovaning faoliyati bilan tanishing.

Batafsil videolavhada 👆🏻

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Xel'sinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi direktori Tuiya Braks bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni vaqtda ko‘rsatuvning navbatdagi soni "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Meros huquqi masalalari

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi va boshqa mas'ul idora vakillari sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz yoki 71-233-75-74 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
Adliya vaziri: Mulk huquqini ishonchli himoya qilmasdan rivojlanib bo‘lmaydi!

"Shaxsning tergov davomida mulkini xatlab qo‘yish ham sudlar vakolatiga berilishi esa “Xabeas korpus” institutini yanada keng joriy etishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligiga esa yuqorida keltirilgan yangi tartiblarni nazarda tutuvchi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Bu Farmon ustida uzoq ishlandi, 3 oy ishlab chiqishga, 5 oy vazirliklar bilan kelishishga sarflandi. Chunki undagi yangiliklar juda jiddiy.

O‘ylaymizki, ushbu Farmon mulk huquqini yuksak qadriyat sifatida davlat organlari tizimida to‘liq ro‘yobga chiqarishga katta hissa qo‘shadi va mulkiy huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanishiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi"
, — deb yozgan adliya vaziri R. Davletov o‘zining Facebookdagi sahifasida.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Buxoro viloyatida.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Ishchi guruhi adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlarining tizimda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni o‘zlashtirganligi, soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat intizomi va qonunchilikka rioya qilish tartibini joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirmoqda.

Muloqotlar davomida xodimlar bilan kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borilmoqda. Soha vakillarining ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ish samaradorligini oshirish, jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi

“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, mulk daxlsizligi muhofazasini yanada mustahkamlash hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishni nazarda tutuvchi bir qator yangi tartiblar joriy qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Gender tenglik masalasi milliy qonunchiligimizda

👉Batafsil

@adliyangiliklari