ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari

2022-yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar haqida #infografika

@adliyangiliklari
#OAV_va_adliya

Namanganda davlat xizmatlari ko‘rsatishda 6,5 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Bilasizmi

Yuridik texnikumlarga qabul boshlanishiga 6 kun qoldi

Respublikada 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

🔰 Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
➖ davlat huquqiy faoliyat;
➖ yuridik xizmat;
➖ sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta'lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abiturientlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

🗂 Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

🌐 Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abiturientlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Camp Law” bilan o‘zingizni Toshkent davlat yuridik universiteti talabasidek his qiling!

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Camp Law” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan yangi loyihada maktab, litsey va texnikumlarning 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

O‘zbek va rus tillarida tashkil etilayotgan loyiha dasturidan huquqiy savodxonlik va Legal English darslari, davlat tashkilotlariga tashriflar hamda yirik loyihalar o‘rin olgan.

🗓 31-iyulga qadar camplaw.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va 1-avgustdan o‘zingizni Toshkent davlat yuridik universiteti talabasidek his qiling!

Loyiha davomida ishtirokchilar uchun tushlik va kofe-breyklar ham tashkil etiladi.

👉 Batafsil ma'lumotni camplaw.uz saytidan olishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 27-iyul kuni soat 16:00 da Adliya vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlashda ko‘rilayotgan choralar. Davlat organlarida Prezident hujjatlari ijro holati.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni bugun, 27-iyun kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Tadbirkorlik sohasidagi muammolar va qonunchilik masalalari.

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddilar sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmalari

#Infografikada 2022-yilning 1-yarim yilligi mobaynida aholi tomonidan eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 taligi aks etgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚡️ "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvining navbatdagi sonini bugun "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Tadbirkorlik sohasidagi muammolar va qonunchilik masalalari.

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddilar sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

☎️ "YURIDIK KLINIKA" telefon raqami 71-233-75-74.

📹 Jonli efirni kuzatish uchun

@adliyangiliklari
#Onlayn_xizmatlar

Elektron raqamli imzo sertifikatini olish uchun DXMga borish shart emas, buni masofadan amalga oshirish mumkin

Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi (e-imzo.uz) orqali berish mexanizmi joriy qilingan. Bunda ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega boʻlmagan hollarda ham foydalanishi mumkin.

Videoqo'llanma orqali Siz xizmatdan mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.

📹 VIDEOQOʻLLANMA

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Adliya boshqarmalari boshliqlari uchun noan'anaviy uchrashuv tashkil etildi

Navoiyda huquqiy tajriba almashish maqsadida viloyat adliya boshqarmalari boshliqlaridan tarkib topgan delegatsiya ikki kun davomida Navoiy va Zarafshon shaharlarida bo‘ldi. Birinchi kun tafsilotlari mazkur lavhada.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, joriy yilning shu davriga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, tuman shahar adliya bo‘limlariga 4000 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Shundan, 3000 ga yaqini ijobiy hal etilgan bo‘lib, 700 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berilgan, 300 ga yaqini tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlariga yo‘naltirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Mavzu: Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlashda ko‘rilayotgan choralar. Davlat organlarida Prezident hujjatlari ijro holati.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

Bugun, 28-iyul kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️ O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining matbuot anjumani davom etmoqda.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar.

📹Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Xudayor Meliyev,
adliya vaziri oʻrinbosari:

— Har kuni oʻrtacha 40-45 ming fuqarolarimiz davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanadi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlari 4,5 baravarga ortib, 37 tadan 176 taga yetkazildi. Ushbu xizmatlarning 10 tasi joriy yilning 6 oyi davomida yoʻlga qoʻyildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bugungi kunda 40 millionga yaqin, joriy yilning 6 oyi davomida 5,5 milliondan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Bunyod Azizov,
Adliya vaziriligi boshqarma boshlig’i:

— Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi.

Masalan, hozirda 3,1 milliondan ortiq faol elektron imzo mavjud boʻlib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi. Mobil-ID tizimi esa, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 million aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Nusratullo Parpixoʻjayev,
Adliya vazirligi boshqarma boshlig’i:

— Tugʻilganlik holati tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan foydalangan holda FHDY bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etiladi.

Bunda, fuqarolar tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish uchun FHDY bo‘imiga kelmaydi. Balki, tug‘ruqxona tomonidan bolaning tug‘ilganligi qayd qilinganligi haqida QR-kodli maʼlumotnoma beriladi va bu rasmiy hujjat hisoblanadi.

@adliyangiliklari