ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navbatdagi hay'at majlisida 6 oylik faoliyat sarhisob qilindi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya yordamida fuqaroga nafaqa tayinlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📣📣 The World Justice Challenge tanlovi o‘tkaziladi

Har yili an'anaviy ravishda The World Justice Challenge tanlovi AQShning The World Justice Project tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

Navbatdagi tanlovga tayyorgarlik ko‘rish uchun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tanlovda ishtirok etish shartlariga bag‘ishlangan infografika e'tiboringizga havola etilmoqda.

📌Dekabr oyiga qadar odamlarning og‘irini yengil qilishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma'lumotlar tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!

💵Har bir g‘olib tashabbusga 20.000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi.

Fursatni qo‘ldan boy bermang.

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

19-iyul
▪️AOKAda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbaeva ishtirokida navbatdagi brifing o‘tkazildi. Uning davomida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha faoliyat haqida ma'lumot berildi.

▪️Vazirlik vakillari hamda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi Osiyo va Tinch Okeani mintaqaviy byurosi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20-iyul
▪️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi “Hukumat soati” da adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

▪️ Keng jamoatchilikni huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun Toshkent shahrida media-tur tashkil etildi. Media-tur davomida jurnalistlar va blogerlar Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markazida aholiga yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining turlari bilan tanishdi.

21-iyul
▪️ Adliya vazirligi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida trening o‘tkazildi.

▪️ “Madad” NNT tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilligida ko‘rib chiqilgan murojaatlar tahlil qilindi.

22-iyul
▪️ "Ekologiya sohasidagi muammolar va ularning huquqiy yechimlari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

▪️ Navbatdagi hay'at majlisida 6 oylik faoliyat sarhisob qilindi.
______________

#Adliya_tahlil

▫️ Xorijiy davlatlarda bankomatdan naqd pul olishda komissiya to‘lovlari miqdori qancha?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Zarafshon shahrida adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya ko‘magi bilan 17 nafar bog‘cha xodimlarining 47 million so‘mdan ortiq to‘lanmay kelingan pullari undirib berilishiga erishildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

Korrupsiyaga duch kelsangiz xabar bering!

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan, adliya boshqarmalari va bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari va yuridik ta'lim muassasalaridagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#OAV_va_adliya

Toshkent shahar adliya boshqarmasi 49 mingdan ziyod qonun buzilish holatlarini aniqladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️422 ta Hukumat qarori bekor qilindi

“Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori o'z kuchini yo'qotdi.

📝 O'z kuchini yo'qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

🔘 Mazkur hujjatlarning bekor qilinishiga quyidagilar asos bo'ldi:

▫️keyinroq qabul qilingan hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;
▫️normalarning keyinroq qabul qilingan hujjatlar normalariga zid kelib qolganligi;
▫️qarorlarning qabul qilinishiga asos bo'lgan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatlarining bekor qilinganligi natijasida o'z dolzarbligini yo'qotganligi;
▫️qarorlar bilan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan boshqa qarorlarning o'z kuchini yo'qotgan deb topilganligi;
▫️qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlarning ijrosi ta'minlanganligi.

📌 Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
❤1
#Adliya_hudud

Sayxunobod tumanidagi "Ittifoq" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari