ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 16-iyun kuni “Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.

Tadbir Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tadbirda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, respublikada axborotlashtirish siyosatini yurituvchi vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqot markazlari, taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda AQSH va Sloveniyalik ekspertlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjuman ertaga ham oʻz ishini davom etadi. Uning yakunida elektron odil sudlovni rivojlantirish, sud-huquq va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, korrupsiyaga qarshi kurashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish borasida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.

@adliyangiliklari
Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2022-yil 17-iyun kuni, soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda Konstitutsiyaviy Komissiya a'zolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo‘yicha a'zolar o‘z xulosasini bildiradi.

Bunday qizg‘in jarayonni Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri "O‘zbekiston", "UzReport", "MY5", "RenessansTV" telekanallari, shuningdek Konstitutsiyaviy komissiyaning Facebook'dagi (Bu mening konstitutsiyam) rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

☝️ Konstitusiyaviy Komissiya yig‘ilishidagi muhokamalar barcha hamyurtlarimiz uchun ochiq, shaffof holda o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdumannop Abduraxmatovich Buriyev Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Buriyev 1986-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2011-yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Abdumannop Buriyevni ushbu mas'uliyatli lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Kimlarga bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspert maqomi beriladi?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi:

❓Bolalarni MTM joylash uchun ota-onadan boshqa shaxslar ham murojaat qilishi mumkinmi?

❓Bugungi kunda pensiya daftarchasini qayerdan va qay tartibda olinadi?

❓Biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirishda Adliya vazirligi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

❓Xorijiy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida ma'lumot bersangiz?

📤 Savollarga javoblar quyidagi havolada 👉batafsil keltirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari T. Abdusattarov “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.

Konferensiyaning 2-kunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazrligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o‘rtasida qonunchilik muammolarini va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-innovatsion faoliyat sohalarida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

@adliyangiliklari
#podkast

⚡️"Mehnat nizolarini hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat davom etmoqda.


🎙Suhbat spikerlari:

➖Rizayeva Guzalya Turgunbayevna - O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi qoshidagi sho'ba mudiri;

➖Rahimqulova Lola Ulug'murodovna - Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi, PhD.

⏰Ovozli chatga ulanish 👉 @huquqiy_gap.

@adliyangiliklari
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo‘lib turibdi.

Markaz shifokorlari Davlat rahbariga sohaga qaratilayotgan e'tibor berayotgan samaralar, yaratilgan sharoitlardan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Prezident yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

@adliyangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida ijod bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg‘ulotlarini kuzatdi.

Kichkintoy Alan Prezidentga orzusini aytib berdi: “Tesla” zavodining boshlig‘i bo‘lishni xohlayman”.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholining muammolarini o‘rganib, vaqtida hal etish imkonini bermoqda. Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Andoqsoy” mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda odamlarni qiynab kelayotgan 70 dan ortiq muammolar adliya bo‘limi, Xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari vakillari tomonidan tinglandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari