ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar maslahat guruhlarining salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar o'z ishini boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Kutayotgan mijozlar yo‘q...

Kompyuter monitoridagi iboraga e'tibor qarating. Yil boshida Navoiy shahar davlat xizmatlari markaziga "prava" almashtirish uchun kelgan fuqarolar sabab juda katta navbatlar hosil bo‘lgan edi. Chunki, qonunchilikda belgilangan muddat oxirlab borayotgan edi. Buni qarangki, muddat uzaytirilganidan beri markazlarda yana odam yo‘q.

Ma'lumot uchun: Navoiy shahar davlat xizmatlari markazidan 2022-yilning 1-choragida kuniga 350-380 nafargacha haydovchilar "prava" almashtirdilar. Bugunga kelib bir kunda 40-45 nafar fuqaro yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun murojaat qilishmoqda. Darvoqe, hademay yana yil yakuniga yetadi.

Cho‘ntagingizdagi eski "prava"ni yangisiga almashtiring!

Uzaytirilgan muddatdan unumli foydalaning!

@adliyangiliklari
⚡️Yana 10 ta DXMda ID-karta olish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Xabaringiz bor, hozirda biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirlmoqda.

Endilikda siz ushbu xizmatdan Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Qarshi, Samarqand, Urganch, Farg‘ona shaharlari va Xo‘jayli tumani davlat xizmatlari markazlari orqali ham foydalanishingiz mumkin.

Xizmatni sifatli ko‘rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatilgan.

Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo‘lganlar onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati — 1 kun.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Bu_muhim #Sirli_mijoz

🔊“Sirli mijoz” – davlat xizmatlarini sifatli rivojlantirishga xizmat qiladi

✅Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

🕵🏻‍♂️Bu borada “Sirli mijoz” institutining roli va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Техникумлар олийгоҳга киришнинг осон йўли эмас, мураккаб касб берадиган, меҳнат бозорида рақобат қиладиган тизим бўлиши керак
—
Президент: Техникумы должны быть не легким способом поступления в институт, а системой, дающей сложную профессию и формирующую конкурентный рынок труда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Adliya_xabari

Birinchi xalqaro farmatsevtika forumida intellektual mulk bo‘yicha taqdimot qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Uzumchilik uchun subsidiya berishning yana bir turi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha aholining huquqiy savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida test o‘tkazildi.

Testda jami 5 mingga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tib (shundan 47 foizi yoshlar), ishtirokchilarga 20 ta test savoli taqdim etildi.

Bunda test savollariga eng tez va eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan hamda ijodiy savolga javob yo‘llagan 10 nafar ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlab olindi.

Imtihon shartlariga ko‘ra, ushbu ishtirokchilarning ijodiy savolga bergan javoblari baholanib chiqildi. Yakunda 10 nafar ishtirokchidan eng yuqori ball to‘plagan Xorazmlik ishtirokchi Murodbek Artikovich Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test tanlovi g‘olibi – 🚲 velosiped bilan taqdirlandi.

Test jarayonida faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Huquqiy bilimlaringizni oshirib borishdan aslo to‘xtamang. "Huquqiy axborot" kanalini kuzatib boring.

@adliyangiliklari