ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Joriy yilning 1-iyun kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i, o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Shovot, Bog’ot va Urganch tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar bo’lib o’tdi.

Sayyor qabul huquqiy targ’ibot tadbirlari bilan boshlanib, 2022-yil hosili uchun g’alla hosilini nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish, birja savdolari orqali sotish bo‘yicha va “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga hamda boshqa qonun-hujjatlarini keng aholiga yetkazishga qaratildi.

Qabullarda, 300 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 100 ga yaqin murojaatlar tinglandi, 80 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi, 65 ta murojaatlar joyida hal qilindi hamda oʻrganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.

Tadbir davomida 250 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekistondagi islohotlar “muvaffaqiyati uchburchagi”ni nima shakllantiradi? Adliya vaziri Butunjahon adliya forumida bu haqida fikr yuritdi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasi Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo‘lib turib, Butunjahon odil sudlov forumi (The World Justice Forum 2022) ishida ishtirok etmoqda.

1-iyun kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik va adliya sohasi rahbarlari bilan birgalikda “Identifying What Works” (“Nima samarali ishlashini aniqlash”) yalpi majlisida so‘zga chiqdi.

Vazir 2016-yildan beri O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va aholi farovonligini ta'minlash uchun “Maqbul boshqaruv” tamoyili asosida tuzilmaviy islohotlar, demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi

👉Batafsil
__________

#Новости_законодательства

Определен порядок предоставления государственной услуги по приему детей в 1 класс

👉Подробнее

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
— Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqib, qabul qilishdan asosiy maqsad sohadagi asosiy qonunlarni birlashtirib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda fundamental huquqiy asoslarini yaratib berish hisoblanadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

❓Kodeks qay darajada mukammal deya olasiz? Uni ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlar fikrlari o‘rganildimi?

❓Kodeksda tadbirkorlarning erkinligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilganmi?

❓Kodeksda tadbirkorlikni amalga oshirishda bo‘ladigan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi muammolarini yechish masalalari kiritilganmi?

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi? Batafsil 👉 infografikada.

@adliyangiliklari
Bolalarga bola tilidan yo‘l harakati qoidalari tushuntirildi

Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman 270-son maktabgacha ta'lim muassasasida Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari bolalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘l belgilari mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

Targ‘ibot tadbirida bolalarga mos ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adliya kitobxonlar chempionati” tanlovining 1-davrasi o‘z nihoyasiga yetdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

📲 Fuqarolar va tadbirkorlardan mazkur Kodeks loyihasi bo‘yicha takliflar to‘plash maqsadida @tklt_bot telegram boti ishga tushirildi.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok eting!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yangiyo‘llik Umrixon Meliboyeva 30 yildirki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shu davr mobaynida u yuzlab hamshaharlarini ish bilan ta'minlab, xalqqa xizmat qilib kelayapti. 2016-yil u rahbarlik qilgan “Rahmatilla – Dilshod” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan maydoni 0,755 ga ega bo‘lgan bino-inshoot sotib olingan.

Eski binoni buzib, o‘rnida yangisini barpo etish loyihasini tuzib turgan bir paytda, 2020-yil 30-iyul sanasida Yangiyo‘l shahar hokimining 195-sonli qaroriga asosan, umumiy maydondan 0, 20 ga yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi...

Tafsilotlar to‘liq reportajda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

ADLIYA ARALASHUVI BILAN 70 YOSHLI FUQARO HUJJATLI BO‘LDI

Qorakamarlik Aysahat Uralova yaqinda 70 yoshni qarshiladi. U 1952 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan, ammo shu yoshga kirsa-da, onaxonning tug‘ilganligi hali rasman qayd qilinmagan. Ya’ni, u shaxsini tasdiqlovchi biror bir hujjatga ega emas.

16 yil ilgari pensiyaga chiqish kerak bo‘lgan ayol shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi oqibatida bugungacha pensiya olishdan mahrum bo‘lib kelmoqda edi.

Joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar chog‘ida onaxon shu muammo bo‘yicha murojaat qildi. Tuman adliya bo‘limi ushbu murojaat bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, onaxonga tuman FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, sayyor tarzda topshirildi. Endi onaxon ushbu guvohnoma asosida pasport olib, yillar mobaynida to‘lanmay kelgan pensiyasini tiklash niyatida.

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha boshlangan harakatlar aholi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bugun O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni talab etadimi? Umuman, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tayyormi?

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari