ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.74K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_online

Joriy etilayotgan Mobil-ID tizimi qachondan to‘liq ishga tushadi? Qulaylik va afzalliklari
▫️Bekor bo‘layotgan byurokratik talablar?!
▫️Davlat organlarida shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlashda qanday yangi tizimlar yaratilmoqda?

Adliya vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu savollarga javoblar va boshqa eksklyuziv yangiliklarni olishingiz mumkin! Tadbir boshlandi.

📹 Onlayn translyatsiya
👉Facebook
👉 Youtube

@adliyangiliklari
​#Muhim

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida bilasizmi?

▪️Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqloli) saylovida kimlar ishtirok eta oladi?
Fuqarolar yigʻini raisi saylovida saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yigʻini raisi saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

▪️Fuqarolar yigʻini raisi qancha muddatga saylanadi?
Fuqarolar yigʻini raisi fuqarolar yigʻini tomonidan, fuqarolar yigʻinini chaqirish imkoni boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yigʻilishi tomonidan uch yilga saylanadi.

▪️Bu yilgi fuqarolar yigʻini raisligiga saylovlar qachon boʻlib oʻtadi?
Fuqarolar yigʻini raisi saylovini oʻtkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.

Bu yilgi fuqarolar yigʻini raisligiga saylovlar joriy yilning may oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

▪️Hududlarda fuqarolar yigʻini raisi saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishga kim masʼul boʻladi?
Fuqarolar yigʻini raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yigʻini raisining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin ishchi guruh oʻz faoliyatini tugatadi.

Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻinining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yigʻini raisi, uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigʻini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.

▪️Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar kim tomonidan koʻrsatiladi?
Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar koʻrsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

▪️Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlarga qanday talablar belgilangan?
Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.

▪️Qanday hollarda fuqarolar yigʻini raisi saylovi oʻtmagan deb topildi?
Agar fuqarolar yigʻini raisi saylovida fuqarolar yigʻinida ishtirok etuvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi. Fuqarolar yigʻini raisi saylovi fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida oʻtkazilgan taqdirda, agar yigʻilishda hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kamrogʻi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.

▪️Fuqarolar yigʻini raisiga boʻlib oʻtgan saylovlar haqiqiy emas deb toplishi mumkinmi?
Fuqarolar yigʻini raisi saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yoʻl qoʻyilgan va ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📢📢 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari vakillari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi qarori bilan 2022–2026 yillarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish reja-grafigi tasdiqlangan. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi qaroriga asosan 2022-yilda ijtimoiy himoya, moliya va kredit, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish belgilangan.

Endilikda Siz mazkur jarayonlarda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil yoki ilmiy ekspert sifatida qatnashish imkoniyatiga egasiz.

📞Ma'lumot uchun: +998(71) 207-04-99.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

❕Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-maygacha “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

📹 https://youtu.be/3J2QigI1Dnk

Huquqiy aksiyada faol ishtirok eting va huquqiy bilimlaringizni yanada oshiring!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari nimalardan iborat?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyatida ikki nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 12-aprel kunidagi 4-son majlisi bayonnomasiga asosan:

Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L. Aliyevaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (SA № 0004, 23.04.2020-y)ning amal qilish muddati 2022-yil 14-aprel kunidan 1 (bir) oy muddatga;

Payariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Tashtemirovga berilgan litsenziya (SA № 0062, 22.06.2020 y)ning amal qilish muddati 2022-yil 14-aprel kunidan 2 (ikki) oy muddatga to‘xtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro intellektual mulk kunida tanlov g'oliblari taqdirlandi

26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan an’anaviy o’tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g’oliblari hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun”, “Ijodkorlik uchun” medallari va “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish sohasidagi tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Aksiya doirasida adliya organlariga 5 727 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan, 3 890 tasi (68 %) qanoatlantirildi, 453 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 26 ta murojaat tegishliligiga koʻra vakolatli organlarga yuborildi. Hozirda 1 358 ta murojaatlar ish yurituvida koʻrib chiqilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 27-aprel kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining qonunchilikdagi, huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari