ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi hamda inson huquqlari boʻyicha muloqot tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚡️ "Madad" NNT tomonidan fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlash yuzasidan tayyorlangan muqobil ma'ruza bilan ushbu 👉 havola orqali tanishing.

@adliyangiliklari
#yuridik_klinika

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

❗️Ko‘rsatuvning navbatdagi soni bugun, 30-mart kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

O‘tkazib yubormang! Mavzu: yer munosabatlari, muammo, yechim.

📞71-233-75-74 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, savolingizni yo‘llang.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda navbatdagi yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-martda Qorao‘zak tumani, “Qorao‘zak” OFY, Mirzagaliy Daribaev ko‘chasi raqamsiz uyda joylashgan “Ayimbet Axun” jome’ masjidi 70-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 200 namozxonga mo‘ljallangan. Masjidning ochilish marosimi joriy yilning 1-apreliga rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatida Qoraqalpog'iston Respublikasida jami 65 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shularning 62 tasi jome masjidi, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot va 1 tasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Musulmonlar Qoziyatidir.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hamkorlik

O‘zbekiston va Turkiya adliya vazirliklari o‘rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning maqsadi sud ekspertizasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga intilgan holda ushbu sohada zamonaviy usullar va vositalarni qo‘llash orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishdan iborat.

Memorandum doirasida sud ekspertizasi sohasida institusional, huquqiy va metodologik muammolar bo‘yicha tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, o‘quv kurslari, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish ko‘zlanmoqda.

Hujjat sud ekspertizasi sohasida zamonaviy ilmiy usullar va vositalarni qo‘llagan holda ekspertizaning yangi turlarini amaliyotga tatbiq etish uchun xizmat qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Foto: daryo.uz

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Aholiga va davlat organlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish markazlarida press-tur tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Muvofiqlashtirish natijasida birlashadigan tashkilotlar qaysi binoda joylashadi? Bunga imkoniyat mavjudmi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 10 kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan video bayonot.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_mediatur

📹 Adliya vazirligi tomonidan jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlarni Toshkent shahrida joylashgan tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda yangi tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilindi.

@adliyangiliklari