#Muhim
⚡️"Prava" almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan 19-martdan – 2-aprel kunigacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi.
Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunalari joriy etilgan.
Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, har bir guvohnoma almashtirish punktiga kuniga 55-60 nafardan fuqaro murojaat qilganda – to‘liq qamrov uchun o‘rtacha 4 yil vaqt sarf qilinishi rejalashtirilgan edi. Hozirda esa, bir kunda 500-600 nafar fuqaro murojaat qilmoqda.
Ma'lumot uchun: respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020-yildan – 2021-yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021-yildan – 2022-yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan.
Qolaversa, haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida guvohnomalarni almashtirishning yakuniy muddatlari tabaqalashtirildi (masalan, 2010 yilgacha olingan guvohnomalar – 2022-yilning apreliga qadar, 2012-yilgachalari – 2022-yilning iyul oyiga qadar va hokazo). Ushbu muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb topilishi belgilandi.
❗️Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun vakolatli idora Ichki ishlar vazirligining YHXX tuman va tumanlararo bo‘limlari.
Haydovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2018-yilning may oyidan EKSPERIMENTAL tartibda Davlat xizmatlari markazlarida ham “prava” almashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Bunda xizmat uchun nafaqat kelgan holda, balki onlayn shaklda ham murojaat qilish imkoni yaratildi.
Bugungi kunda jami 74 ta punktda xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilib, tegishli moddiy-texnikaviy baza bilan ta'minlangan (qurilmalarning 49 tasi – YHXBB bo‘linmalari, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlariga o‘rnatilgan).
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi amaliyotga kiritilgan paytdan boshlab, bugungi kunga qadar 2,6 mlndan ortiq haydovchilaring guvohnomalari yangisiga almashtirildi.
❗️Davlat xizmatlari agentligi poytaxtda va viloyatlardagi haydovchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida "so‘nggi mijozgacha" ish rejimini yo‘lga qo‘ydi. Ma'lumot uchun DXMlarda o‘rtacha bir fuqaroga xizmat ko‘rsatish uchun 4-5 daqiqa vaqt sarflanmoqda.
Biroq, o‘tkazilgan tahlillar 3,1 mlndan ortiq fuqarolarimiz tomonidan hujjatlarni almashtirilmay kelinganligini ko‘rsatdi.
Muammoni bartaraf etish uchun mas'ullar qanday choralar ko‘rmoqda?
Birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023-yilning 31-dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda;
Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning tahminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirish.
Shuningdek, IIV ma'lumotiga ko‘ra, 2022-yilning 1-aprelidan boshlab haqiqiy emas deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta'sir choralari qo‘llanilmaydi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Navro'z umumxalq bayrami arafasida Sog’liqni saqlash vazirligi Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazida davolanayotgan bemor bolalarga ko‘tarinki ruh berish va yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida ular holidan xabar olindi.
Mazkur tashabbus O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi hamda Xalqaro NNT O’zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlari Uyushmasi "UTID" bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Markazda davolanayotgan 40 nafar bemor bolalarga kiyim-kechak va turli shirinliklar, ularning 40 nafar ota-onalariga esa kiyim-kechak va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg’alar berildi.

Forwarded from Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2022-yilning kutilayotgan voqeasi - I Toshkent xalqaro investitsiya forumi
press-reliz
eng
#xalqaro_forum #biznes #investitsiya #kelajak_loyihalari
website | telegram | instagram | facebook | linkedin | youtube | twitter

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari R. Komenda bilan uchrashdi
👉Batafsil

Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maʼlumki, Adliya vazirligi tomonidan sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni hayotga keng tatbiq qilishga alohida eʼtibor qaratilib, yil davomida doimiy ravishda sport musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda. Vazirlik markaziy apparati xodimlari oʻrtasida joriy yil mart oyida tashkil qilingan shaxmat boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetdi va gʻoliblar aniqlandi:
1-oʻrin: Murodjon Najmiddinov – Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi katta maslahatchisi;
2-oʻrin: Sardor Ahmatov – Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boʻlim boshligʻi;
3-oʻrin: Ulugʻbek Ochilov – Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi katta maslahatchisi.
Gʻoliblarni vazirlik jamoasi nomidan tabriklaymiz, kelgusida ishlariga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!