ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Namanganda “LEX.uz va uning imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklri
📢 «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida TANLOV e'lon qilindi!

Tashkilotchilar
▫️ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
▫️Yoshlar ishlari agentligi
▫️ O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

Tanlov nominasiyalari
▫️ «Eng yaxshi ijtimoiy rolik»
▫️«Eng yaxshi she'r ijrosi» (video material shaklida)
▫️«Eng yaxshi fotosuratlar»

Kimlar qatanashishi mumkin?
▫️14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari

Talablar
▫️ ijtimoiy rolik va she'r ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi
▫️fotosuratlar 5 tadan kam bo‘lmasligi, 4Mp (2272x1704) dan katta bo‘lishi kerak

Ijodiy ishlarni qaerga va qachongacha jo‘natish kerak?
Taqdim etiladigan ishlar @Navruz2022_tanlov_bot Telegram-boti orqali 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar qanday mezonlar asosida baholanadi? Pul mukofotlarining miqdori qancha? 👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❕Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Huquqiy aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

🔹sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

🔹audio-video podkastlar tashkil qilish;

🔹soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so‘rovlar o‘tkazish;

🔹soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha so‘rov yo‘li bilan monitoring o‘tkazish;

🔹sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

🔹murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

🔹qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH ishtirokchi-davlatlari sud ekspertiza organlari rahbarlarining Davlatlararo kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim loyihasi muhokamasida ishtirok etdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📣📣 Bugun, 17-mart kuni AOKAda adliya sohasida kutilayotgan o‘zgarish va yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirok etadi.

Vaqti: 16:00

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

✏️ Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
⚡️AOKAda adliya sohasida kutilayotgan o‘zgarish va yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi. Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va mutasaddilar ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumanini onlayn kuzatib borish 👉https://clck.ru/dvZ49

✏️ Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Davlat xizmatlari agentligi Adliya vazirligi tizimiga qo‘shib yuborildi

Davlat rahbarining adliya tizimida ma'muriy islohotni amalga oshirishga qaratilgan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar haqida matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra:

Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi. Endi ular vazirlik tarkibida departamentlar sifatida faoliyati yuritadi.

Qo‘shilish natijasida Adliyada respublika darajasidagi rahbarlar soni 2 barobarga qisqardi, boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi, vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga qisqarmoqda.

❗️Natijada 84,5 mlrd so‘m iqtisod qilinmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Prezident farmoniga muvofiq, tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYO organlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tuman adliya bo‘limlari bilan birlashtirilib bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona adliya bo‘limlariga aylantirildi. Uning tarkibida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha alohida mas'ullar faoliyat yuritadi.

Bu orqali intellektual mulk obyektlarini tuman darajasida tezkor himoya qilish, aholining turli huquqiy muammolarini bitta idoraga tashrif buyurib hal qilib ketishiga erishiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️“E-shartnoma” tizimi yagona elektron portali yaratiladi.

Bu tizim orqali tadbirkorlar onlayn ravishda turli shartnoma namunalarini bepul olishi mumkin bo‘ladi hamda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda yagona huquqni qo‘llash amaliyoti vujudga keladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️2023 yildan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada jamlash tartibi joriy qilinadi.

@adliyangiliklari
#Infografika

⚡️Adliya tizimi yanada ixchamlashtirildi

“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shildi.

● Natijada boshqaruv xodimlari soni 110 taga, ya'ni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga ya'ni 356 tadan 320 taga) qisqartirildi.
● Vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifalar 35 tadan 23 taga (34 foizga) va funksiyalar esa 388 tadan 215 taga (46 foizga) qisqardi.

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari