ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Fermerlar bilan ochiq muloqot

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashabbusi bilan kengash binosida 2022-yil uchun “Paxta xom ashyosi yetishtirish hamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma” loyihasi fermerlar va mas'ul idoralar vakillari ishtirokida ZOOM orqali keng muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangilikari
#Adliya_shonli_30_yil

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston: adolat solnomasi” hujjatli filmi yaratildi.

👉Tomosha qilish: https://youtu.be/0ZwAgGWCrg8

@adliyangiliklari
​Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

31-yanvar
▪️ Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

1-fevral
▪️ Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

▪️ Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida Adliya vazirligi axboroti dastlabki tarzda eshitildi.

▪️ 2021-yil yakuni boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida “Ochiqlik indeksi” natijalari e’lon qilindi.

2-fevral
▪️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

3-fevral
▪️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berdi.

▪️ Yuristlar malakasini oshirish markazida yuriskonsult va advokatlar uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda.

4-fevral
▪️Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletov “Norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati” bo‘yicha axborot berdi.

▪️ Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Yusupov yanvar oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

▪️ Tadbirkorlik sohasida ko'rsatiladigan davlat xizmatlari" mavzusida ovozli chat boʻlib oʻtdi.

▪️ “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oyi” doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida gender tenglik, oilaviy zo‘ravonlik va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha audio podkast tashkil etildi.

5-fevral
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston: adolat solnomasi” hujjatli filmning ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashabbusi bilan “Paxta xom ashyosi yetishtirish hamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma” loyihasi fermerlar va mas'ul idoralar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
___________

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

▫️ 2022-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
___________

#Adliya_munosabati

▫️ Adliya vaziri Senatda shaxslar emas, holatlar bo'yicha axborot berdi.

@adliyangiliklari
​Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Jomboy tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 30 nafar xodim foydasiga qariyb 97 mln 183 ming so‘m undirib berildi.

🔹 Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limining 35 nafar xodimining 121 564 897 so‘mlik ish haqini undirib berildi.

🔹 Navoiyda rus tili o‘qituvchilariga 700 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Andijonda koronavirusga chalinganlar bilan ishlagan brigadalarning 770 nafar haydovchisiga rag‘batlantirish pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Xo'jaobod tuman adliya bo'limi tomonidan fan olimpiadasi g'olibi bo'lgan pedagok xodimga uzoq yillardan buyon to'lanmay kelinayotgan ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

🔹 Paxtaobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkorning 5 milliard soʻmlik koʻchmas mulki davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹 Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga majburiy buzdirilgan savdo do‘koni uchun kompensatsiya pullari to‘liq undirib berildi.

🔹 Guliston tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro foydasiga hokim qarori bilan buzib tashlangan choyxona binosi uchun 505 mln so‘m miqdorda kompensatsiya undirilishi ta'minlandi.

🔹 Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan “Guliston ekstrakt yogʻ” aksiyadorlik jamiyati 4 nafar xodimning ish haqini sud orqali undirib berildi.

🔹 Sardoba tumani “Zomin” mahallasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Oqoltin tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ishlaydigan 6 nafar xodimga homiladorlik va tug'ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Yunusobod tumanidagi 64 ta mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari uchun seminar o'tkazildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 245 997 276 so‘m undirib berildi.

🔹 Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan qurilish organlari foydasiga 12 740 000 soʻm pul mablagʻlarini Uchqoʻrgʻon tuman hokimligidan undirishi belgilandi.

🔹 Uychi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan bir oilaning ikki nafar fazandiga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi.

🔹Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi X. Sabirov axborot berdi.

🔹Namangan tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan 327 mln soʻmdan ortiq miqdordagi oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilingan byudjet mablagʻlari mahalliy byudjetiga qaytarildi.

🔹Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i S.Abdurasulov boshchiligida Jarqo‘rg‘on tumanidagi Beshbuloq mahallasida sayyor qabul bo’lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2022-yilning 8-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkaziladi.

Malaka imtihoni jarayonlarini soat 10:00 dan boshlab Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka an'anaviy yillik hisoboti boshlanmoqda.

Hisobotni quyidagi 👉havoladan ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, Facebookdagi "Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией" guruhida onlayn translyatsiya qilinadi.

Savol yo'llash @adliyangiliklari_chat

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

Hokim qarorlariga avtomatik tarzda raqam berish va e-qaror.gov.uz saytida eʼlon qilib borish (maxfiy va xizmat doirasidagilardan tashqari) tizimi joriy etildi.

Adliya organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida jami 2500 dan ortiq qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan hokim qarorlari qabul qilinganligi aniqlandi.

Kiritilgan taʼsir choralariga asosan hokimlarning 2 098 ta qarorlari bekor qilindi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

Noqishloq va qishloq xoʻjaligi yerlarini ajratishning hokimliklar aralashuvisiz, barcha uchun bir xil va shaffof boʻlgan tartibi joriy etildi, bunda barcha qonunchilik paketini ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi Adliya vazirligi boʻldi.

Ochiq auksionning ilk natijalari boʻyicha Sergelida 4 sotix yer e-auksionda 2 mlrd soʻmga sotilishi juda ahamiyatli voqea boʻldi. Bir tomondan bu ochiq savdoda yerning asl bozor narxi qayd etilayotgani boʻlsa, boshqa tomondan pullar kimlarningdir choʻntagiga emas, davlat byudjetiga tushadi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning jamoatchilikka yillik hisobotidan

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yunusobodda "snos"ga tushgan do'konlarning aslida nimaga buzilganligini tushuntirib berdi

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI
davom etmoqda

👉
Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Adliya vazirining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Tik-Tok bloklanishi to‘g‘risida

@adliyangiliklari