ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.77K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Tashkilotning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlari va turmush sifatini yaxshilashga ko‘maklashish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish va boshqalardan iborat.

Tashkilot ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini 2021-2025-yillar davomida amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur loyiha byudjeti 4,8 million frankni tashkil etadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Yer uchastkalaridan foydalanish sohasida 2022-yil 1-yanvardan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Jizzaxlik xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyasi 2022-yilning 13-martga qadar to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 12-yanvardagi 3-um-son buyrug‘iga asosan Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ilhom Najmiddinovich Nuriddinovga tegishli SI 0012-sonli litsenziyaning amal qilish 2022-yil 13-yanvardan 13-martga qadar to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.
_________

#Сообщение_юстиции

Лицензия джизакского нотариуса, занимающегося частной практикой, приостановлена до 13 марта 2022 года

В соответствии со статьей 15-2 Закона Республики Узбекистан «О нотариате» на основе приказа начальника управления юстиции Джизакской области № 3-ум от 12 января 2022 года, с 13 января до 13 марта 2022 года приостановлена лицензия нотариуса Илхома Нажмиддиновича Нуриддинова (лицензия № SI 0012), занимающегося частной практикой в Шараф-Рашидовском районе.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarori bilan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalar va kanallar ekstremistik deb topildi

To‘liq ro‘yxat bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Ochiq ma'lumotlar portali orqali tanishishingiz mumkin.

👉Batafsil
_________

#Сообщение_юстиции

Окончательным решением Верховного суда Республики Узбекистан некоторые страницы и каналы в социальных сетях признаны экстремистскими

С полным списком организаций (материалов) можно ознакомиться на веб-сайте Министерства юстиции, а также на Портале открытых данных.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Sanoat sohasida 2022-yil 1-yanvardan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan tanishing.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi bojxona xizmati organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda kasb bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijro_va_nazorat

📹 Prezident qarorlari ijrosi natijalarini ilg‘or texnologiyalar yordamida tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon qanday kechadi?

▫️ Prezident tegishli farmon yoki qarorga imzo qo‘yadi.
▫️Hujjat Prezident Administratsiya tomonidan «E-xat» elektron tizimi orqali Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
▫️U vazirlik tomonidan «ijro.gov.uz» tizimiga kiritiladi va har bir vazifa tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga taqsimlanadi.
▫️Bandlar ijro etishga kirishiladi.
▫️Mas'ul ijrochilar ijro holati yuzasidan axborotni «ijro.gov.uz»ga joylaydi.
▫️Adliya vazirligi ushbu ma'lumotlarni birdan qabul qilmaydi, o‘rganadi. Buning uchun hududiy adliya organlariga ko‘rsatmalar berilib, zarurat bo‘lsa, ishchi guruh tuzilib, «respublika—viloyat—tuman—mahalla» vertikal tizimi asosida ko‘rib chiqiladi
▫️O‘rganish natijasiga ko‘ra hisobot qabul qilinadi yo rad etiladi.

Hozirda Adliya vazirligi hisobotlarni o‘rganishda «O‘zbekkosmos» agentligi bilan hamkorlik qilmoqda.

Batafsil videoda 👆

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Sog‘liqni saqlash sohasida 2022-yil 1-yanvardan va 1 martdan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida quyidagi videorolik orqali tanishing.

@adliyangiliklari
#Infografika

Davlat organlariga murojaat qilish tartibi haqida xabardormisiz?

@adliyangiliklari
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va unda belgilangan muhim islohotlar bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” gazestiga ma'lumot berdi.

Adliya vaziri Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosi qonun ustuvorligi va jamiyatda adolatni ta'minlashga qaratilganligini, shuningdek unda bugungi kunda jamiyatimiz uchun zarur yangi g‘oya va islohotlar ko‘zda tutilganligini ta'kidladi.

To‘liq ma'lumotni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 18-sonidan (2022-yil 27-yanvar) olish mumkin.

@adliyangiliklari
Янги Ўзбекистон газетаси, 18-сон.pdf
2.4 MB
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Yangi O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadi va unda belgilangan muhim islohotlar bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” gazestiga ma'lumot berdi.

To‘liq ma'lumotni “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 18-sonidan (2022-yil 27-yanvar, 3-sahifa) olish mumkin.

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

● Tanlov ushbu taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

📂 Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichdan iborat bo‘lgan ikki bosqichda oʻtkaziladi.

🎁 Tanlov gʻoliblari adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@adliyangiliklari