ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_yoshlar

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

📹
Onlayn translyasiya: https://www.facebook.com/100009249787631/videos/265370315582030

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ayollarning jamiyatdagi mavqei, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vazirining yoshlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Ruslanbek Davletov yoshlarning savollariga javob bermoqda:

▫️Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish jarayonlari haqida;
▫️Yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish va korporativ javobgarlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada Singapurning tajribasi haqida.

@adliyangiliklari
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

👉Batafsil
____________

#Сообщение_юстиции

Между Министерством юстиции Республики Узбекистан и Министерством юстиции Российской Федерации подписана Программа сотрудничества на 2022 год

👉Подробнее

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faktologiya

LexUZ — qonunchilik hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi axborot tizimi shakllantirish bo‘yicha 5 ta fakt

@adliyangiliklari
#Islohotlar_raqamlarda

📊 Adliya tizimida gender tengligi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a'zo bo‘ldi

Bu haqda Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasi qaror qabul qildi. Ittifoq a'zoligiga kirish uchun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob berish talab etiladi:
▫️tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
▫️notariat sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bo‘lishi;
▫️mulkchilikka oid milliy qonunchilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bo‘lishi va boshqalar.

O‘zbekistonda 2020-yildan xususiy notariuslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, a'zolik uchun ariza berilgan edi. Joriy yilning 22-24-sentabr kunlari maxsus delegasiya O‘zbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni to‘liq o‘rganib ketgach, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan O‘zbekistonni Ittifoq a'zoligiga qabul qildi.

Bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar a'zo.

@adliyangiliklari
​Adliya vaziri R. Davletov:

Yil tugayotgan lahzalarda, tabiiyki, har bir inson yoki jamoa bosib o‘tgan bir yil davomidagi yo‘lga nazar tashlaydi va sarhisob qiladi. Biz ham bu borada qisqacha axborotni havola qilmoqchimiz.

1️⃣ Adliya tizimi bir kunda o‘rtacha 70 ming fuqaroga xizmat ko‘rsatmoqda. Adliya organlari faoliyatini fuqaro ehtiyojiga qaratilgan tarzda tashkil qilish va aholini rozi qilish bizning majburiyatimiz. Buning uchun, avvalo, byurokratiyani qisqartirish aholining hayotini osonlashtirishda tez samara beradigan vositadir.

Birgina 73 turdagi ma'lumot va “spravka”larning bekor qilinishi natijasida yiliga o‘rtacha 5 mlndan ortiq fuqaroning ovora bo‘lishiga barham berildi, ularning 60 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘i o‘zida qoldi.

FHDYO tizimida raqamlashtirishni tugatdik (60 mln hujjat), natijada fuqaro istalgan FHDYOga murojaat qilish mumkin, ya'ni eksterritorial prinsip yanada kengaydi. Kompozit xizmatlar kiritildi, tug‘ilganlik guvohnomasi bilan birga boshqa 4 ta xizmatni bir vaqtning o‘zida olish imkoniyati yaratildi.

“Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirildi va 17 mingdan ortiq elektron litsenziyalar berildi. Buning natijasida shuncha fuqarolarning davlat idoralarida sarson bo‘lishiga chek qo‘yildi.

Umuman olganda, o‘tgan yil davomida tizim tashkilotlari tomonidan aholiga 11 mln dan ortiq xizmatlari ko‘rsatildi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi 159 ta davlat xizmatlari markazi binolari, chekka hududlarda 149 ta filiallar tashkil etildi.

Kelayotgan yildan 59 turdagi davlat xizmatini ko‘rsatish muddati o‘rtacha 2 baravar qisqartiriladi.

2️⃣ To‘lovlar qisqartirildi.
Kam ta'minlanganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari bo‘yicha har qanday to‘lovlar 50 foiz chegirma bilan ko‘rsatiladi. 6 turdagi davlat xizmati uchun to‘lovlar miqdori keskin kamaytirildi, ilgari to‘lov undirilgan 2 turdagi xizmat bepul ko‘rsatila boshlandi.

3️⃣ Bu yil Davlat rahbarining topshirig‘i bilan korrupsiyaga qarshi, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha 3 ta muhim hujjatni ishlab chiqishda Adliya vazirligi asosiy ijrochi bo‘ldi.

Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan 33 xil toifadagi ma'lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning ochiqlanishi jamoatchilikda mustaqil surishtiruvlar olib borish imkoniyatini oshiradi.

Adliya vazirligi ishlab chiqqan e-qaror.gov.uz tizimida hokimlarning barcha qarorlari (2021 yilda 80 mingta) e'lon qilinmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama bo‘lgan keyslar (hokimlik xizmat avtomashinalari, majburiy obuna va h.k.) aynan “E-qaror” tizimi sharofati bilan jamoatchilik e'tiboriga tushib, bekor qilinmoqda. Jumladan, 1339 ta qaror “E-qaror” tizimini monitoring qilish orqali bekor qilindi.

4️⃣ Yer islohoti.
Noqishloq va qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishning hokimliklar aralashuvisiz, barcha uchun bir xil va shaffof bo‘lgan tartibi joriy etildi, bunda barcha qonunchilik paketini ishlab chiqish bo‘yicha asosiy ijrochi Adliya vazirligi bo‘ldi. Ochiq auksionning ilk natijalarini ko‘ra boshladik. Masalan, Sergelida 4 sotix yer e-auksion da 2 mlrd so‘mga sotilishi juda ahamiyatli voqea: bir tomondan bu ochiq savdoda yerning asl bozor narxi qayd etilayotgani bo‘lsa, boshqa tomondan pullar kimlarningdir cho‘ntagiga emas, davlat byudjetiga tushadi.

5️⃣Hujjatlar ijrosini ta'minlash.
Prezident hujjatlarining ijrosini nazorat qilish adliya idoralariga yuklatilgandan keyin Adliya vazirligi bu boradagi ishlarini ham kuchaytirdi. Ijrosi paysalga solinayotgan 2800 ta topshiriqning ijrosi ta'minlandi. Hozirda Respublika miqyosida 3 mingdan ortiq Prezident hujjatlaridagi 60 mingdan ortiq topshiriqlar mavjud bo‘lib, shulardan 82,3% bajarilgan, 17,7 % ijro jarayonida.

Yuqoridagilar yil davomidagi faoliyatimizning ayrim jihatlari, xolos. Amalga oshirilgan ishlar haqida jamoatchilik oldida batafsil hisobotni keyingi yil boshida taqdim qilamiz.

Adliya idoralari o‘z faoliyatda yana nimalarga e'tibor qaratishi kerak, takliflaringizni sharhlarda yozing.

Barchani yangi yil bilan tabriklaymiz va eng samimiy tilaklarni bildiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faktologiya

📹 Adliya vazirligining kadrlarni boshqarish sohasida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida 5 ta fakt

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Aktam Zayniddinovich Muxammadiyev Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muxammadiev o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas'ul lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Aktam Zayniddinovich Muxammadiyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida, mas'uliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida dekabr oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi!

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi Shahnoza Mirzaraximovna Soatova Adliya vazirligi markaziy apparatining dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.

Sh. Soatova 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi bo‘yicha filolog. Mehnat faoliyatini 1999-yilda “Hamshira” jurnali bo‘lim muharrirligidan boshlagan.

Adliya vazirligidagi faoliyatini 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat boshqarmasining bosh maslahatchisi sifatida boshlagan.

Sh. Soatova Adliya vazirining 2020-yil fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Sh. Soatova Adliya vazirligi markaziy apparatidagi 10 nafar ayol rahbarlardan biri sifatida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta'minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining ta'sirchan mexanizmlaridan unumli foydalanib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Shahnoza Mirzaraximovna Soatovani ushbu e'tirof bilan samimiy qutlaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✅ Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.

☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.

💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.

‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin