ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yaşnobod tumanida sayyor qabul ötkazildi

Adliya vaziri örinbosari – Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi direktori N. Muxammadiyev Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida sayyor qabul ötkazdi. Qabulda tadbirkorlar va fuqarolar bilan oçiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida 40 dan ortiq tadbirkor va fuqaroning tölovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari, sud boşqaruvçilari faoliyati, uy-joy, yer va kadastr hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari körib çiqildi.

Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi, 26 ta murojaat belgilangan tartibda röyxatga olinib, mas’ullarga ijro uçun yönaltirildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tuşuntiriş va tegişli tavsiyalar berildi. Şuningdek, ikki nafar fuqaroga özini özi band qilişda amaliy kömak körsatildi.

Mas’ullarga yönaltirilgan murojaatlarning qonuniy va adolatli hal etilişi alohida nazoratga olindi.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Konstitutsiyamizning ayrim muhim moddalari haqidagi videorolikni tomosha qiling.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

To‘rt mintaqa ekspertlari Samarqandda jamlandi: intellektual mulk sohasida nimalar o‘zgaradi?


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2❤1
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vaziri Jizzax viloyatidagi adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jizzax viloyatidagi xizmat safari davomida G‘allaorol tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir tizim xodimlari bilan suhbatlashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rgandi hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish adliya organlari xodimlarining asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi.


🔹 Shuningdek, Jizzax shahar adliya bo‘limida xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida kuniga mingga yaqin fuqaroga xizmat ko‘rsatilmoqda. Fuqarolarga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishning afzalliklari tushuntirib borilmoqda.


🔹 Xizmat safari davomida adliya vaziri Jizzax viloyatidagi davlat arxivida ham bo‘lib, hujjatlarni saqlash sharoitlari, texnik talablar va saqlash tartibi bilan tanishdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥#Live

Ayni damda “O‘zbekistonda fuqarolarga yo‘naltirilgan davlat
xizmatlarini mustahkamlash: 2027–2030-yillar uchun ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari

🏢 Navoiyda korxonalar faoliyatini tiklash va ish o‘rinlarini saqlab qolish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Navoiy shahri, Nurota, Xatirchi va Navbahor tumanlaridagi to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan korxonalar faoliyatini o‘rganmoqda.

🔹 O‘rganishdan asosiy maqsad – korxonalar faoliyatini tiklash, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish, mol-mulkdan samarali foydalanish hamda kreditorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashdan iborat.


Dastlabki o‘rganish ishlari Navoiy shahrida amalga oshirilib, korxonalarning moliyaviy holati, mol-mulkining saqlanishi va undan foydalanish, baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarining cho‘zilish sabablari, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar orqali aholining bandligini ta'minlash, korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzdorliklarni qoplash imkoniyatlarini aniqlash ko‘zda tutilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3👏1