ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Konstitutsiyaga sayohat (1-qism): “Muqaddima”

Bolalar uchun Konstitutsiya nima ekanini sodda, qiziqarli va hayotiy misollar orqali tushuntirib beruvchi animatsion loyihaning ilk sonini taqdim etamiz.

Ushbu sonda qahramonlarimiz Odilbek, Adolatxon va Mittivoy bilan birga Konstitutsiya olamiga sayohat qilasiz.

Farzandlaringiz bilan birga oilaviy tomosha qiling va Konstitutsiyaviy bilimlaringizni yanada oshiring!

O‘zbek tilida 👉ko‘rish

Ingliz tilida 👉 ko‘rish
🔥3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥#Live

Samarqand shahrida “Intellektual mulk idoralari uchun strategik liderlik va natijaga asoslangan boshqaruv bo‘yicha Kavkaz, Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa hamda arab mamlakatlari mintaqalararo forumi davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Iqtibos

James Tarawnehning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Intellektual mulk idoralari uchun strategik liderlik va natijaga asoslangan boshqaruv bo‘yicha Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa hamda arab mamlakatlari mintaqalararo forumidagi nutqidan.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
#Bilib_oling

⚖️ Onlayn notarial xizmatlar — qulay, tezkor va ishonchli!

Ayrim notarial harakatlarni notarial idoraga bormasdan, masofadan turib amalga oshirish mumkin.

✅ Vaqt va mablag‘ tejaladi;
✅ Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi;
✅ Istalgan joydan xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud.


🎥 Onlayn notarial harakatlarning afzalliklari haqida batafsil videoda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤2👏2👍1
#Iqtibos

Dina Chavesning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Intellektual mulk idoralari uchun strategik liderlik va natijaga asoslangan boshqaruv bo‘yicha Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa hamda arab mamlakatlari mintaqalararo forumidagi nutqidan.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔈 DIQQAT, E’LON!

‼️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich joriy yilning 26-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.

📌 Sayyor qabul joyi: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Xalq qabulxonasi binosi. Mo‘ljal: Rishton tuman adliya bo‘limi.

🕛 Sana va vaqt: 26-noyabr, soat 12:00.

🗣 Qabul davomida Farg‘ona viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:
➖ davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
➖ notariat, advokatura va yuridik xizmatlar;
➖ intellektual mulk va to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik);
➖ arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita adliya vaziri o‘rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

📍 Hurmatli farg‘onaliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.

🎥 Mazkur sayyor qabulga ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari taklif etiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1👏1
Samarqandda intellektual mulk idoralari faoliyati va xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi


🏛2026-yil 25–26-noyabr kunlari Samarqand shahrida intellektual mulk idoralarida strategik yetakchilik va natijalarga yo‘naltirilgan boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan mintaqalararo forum bo‘lib o‘tmoqda.

⚖️Adliya vazirligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Kavkaz, Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa va arab mamlakatlarining intellektual mulk idoralari rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

❗️Forumning asosiy maqsadi – intellektual mulk idoralari ishini samarali tashkil etish, ixtirochilar, ijodkorlar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Intellektual mulk idoralarining faoliyati yangi ixtirolar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liq. Arizalarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi huquq egalariga o‘z ishlanmasi yoki brendini rivojlantirish, bozorga olib chiqish va undan foydalanishni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu bois forumda idoralar ishini aholi va biznes ehtiyojlariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yaxshilash, ekspertiza sifatini oshirish, arizalarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etish va murojaatchilarning qoniqish darajasini o‘rganish masalalarini muhokama qildi.

Muhokamalarning muhim mavzularidan biri idora faoliyatini bajarilgan ishlar soni bilan birga, ularning amaliy natijasi asosida ham baholash bo‘ldi.

Bunda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shilgan hissa idoralar faoliyatining muhim amaliy natijalari sifatida qayd etildi.


📌Forumning birinchi kunida intellektual mulk idoralarining o‘zgarib borayotgan vazifalari, rahbarlarning faoliyatni tashkil etishdagi o‘rni va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash masalalari muhokama qilindi. Xususan, strategik maqsadlarni yillik ish rejalariga aylantirish, har bir vazifa bo‘yicha kutilayotgan natija, mas’ul va muddatlarni aniq belgilash yondashuvlari ko‘rib chiqildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍2
O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi hamkorligi: adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitaning 22-majlisi bo‘lib o‘tdi

 
Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Adliya vazirligida “O‘zbekiston – Yevropa” Ittifoqi adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 22-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston tomonidan adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Yevropa Ittifoqi tomonidan Eva Palatova hamraislik qildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muntazam muloqotning muhim mexanizmlaridan biri bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashish va kelgusidagi amaliy hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish imkonini berdi.

Tadbir doirasida qonun ustuvorligini mustahkamlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda tegishli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Majlis yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud masalalar va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikrlar umumlashtirildi. Muloqot natijalari sud-huquq islohotlari, inson huquqlarini himoya qilish va xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish sohalarida keyingi hamkorlik uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2👏1