ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

⚖️ Bugun, 20-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

🌐 Konferensiyada Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bosh prokuratura, vazirlik va idoralar, Jahon banki, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar hamda mamlakatimiz olimlari ishtirok etdi.

🔹 Tadbirda adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, yer munosabatlarini takomillashtirish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va mavjud masalalarga kompleks yondashishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

📌 Konferensiya davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 qishloq xo‘jaligi yerlariga xususiy mulk huquqini joriy etish imkoniyatlari, ehtimoliy xavflar va huquqiy kafolatlar;
🔹 yer resurslarini boshqarish, kadastr tizimini takomillashtirish va shaffoflikni ta’minlash;
🔹 yer munosabatlarini isloh qilishda Litva, Rossiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning tajribasi;
🔹 yerlarni xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy xavflar, jumladan, suv resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar.


🌍 Jahon banki mutaxassislari, xorijiy olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, xususiy mulkchilikni rivojlantirish hamda yer resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba va ilmiy-amaliy yondashuvlar taqdim etildi.

💬 Konferensiyaning yakuniy qismida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, sohadagi mavjud muammolar va ularning huquqiy yechimlari yuzasidan fikr hamda takliflar almashildi.

✅ Tadbir yakunida bildirilgan ilmiy-amaliy takliflar yer qonunchiligini takomillashtirish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishga oid masalalarni yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda huquqiy muammolarga raqamli yechimlar yaratishga qaratilgan "LexHackathon" huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥1
#Adliya_xabari

🚀 Samarqandda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining 5-Milliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda

📍 Bugun, 20-noyabr kuni Samarqand shahrida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) 5-Milliy anjumani tashkil etildi.

👥 Anjumanda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, oliy ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🤝 Tadbir doirasida ikkita muhim hamkorlik bitimi imzolandi. Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi hamda Samarqand yoshlar texnoparki va “INNO” texnoparki o‘rtasida mazkur texnoparklar huzurida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

💡 Anjumanning dastlabki ikki sessiyasida intellektual mulkni tijoratlashtirish, innovatsiyalarni moliyalashtirish, talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, patent tahlilining ahamiyati hamda hududlarda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, TIQQMlar faoliyatining 2026-yil 10 oylik natijalari sarhisob qilinib, hududiy markazlar faoliyati ko‘rib chiqildi.

🔹Anjumanning 3-sessiyada sun’iy intellekt yordamida yaratilgan patent talabnomalaridagi huquqiy va texnik xatolar, shuningdek, ixtirolarga patent berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibidagi yangiliklar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur anjuman ilm-fan, innovatsiyalar va intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3👏3
#Adliya_xabari

⚖️ LEXHACKATHON 2026: Huquqiy muammolarga innovatsion yechimlar izlanmoqda! 🚀

📍 Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi.

👥 20–22-noyabr kunlari davom etadigan xakatonda ishtirokchilar huquq va davlat boshqaruvi sohasidagi muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

🎯 Xakaton ikki yo‘nalishda o‘tkazilmoqda:
🔹 Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish;
🔹 Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish.

💡 Xakatonning birinchi kunida ochilish marosimi va amaliy seminarlar tashkil etilib, ishtirokchilar xakaton qoidalari hamda yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Jamoalar muammolar kesimida shakllantirilib, mentorlar ko‘magida innovatsion loyihalar ustida ish boshlandi.

📊 Keyingi bosqichlarda jamoalar ishlab chiqqan loyihalar oraliq baholashdan o‘tkaziladi, saralangan jamoalar esa o‘z yechimlarini taqdim etadi.

🏆 G‘oliblar uchun mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — 60 mln so‘m
🥈 2-o‘rin — 40 mln so‘m
🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘m

🤝 Shuningdek, g‘olib jamoalarga inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish, ofis maydonidan foydalanish hamda mentorlik ko‘magini olish imkoniyatlari yaratiladi.

🚀 LexHackathon 2026 davom etmoqda!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5