ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ⚖️ LEXHACKATHON 2026: Huquqiy muammolarga innovatsion yechimlar izlanmoqda! 🚀 📍 Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “LexHackathon 2026” huquqiy yechimlar xakatoni boshlandi. 👥 20–22-noyabr kunlari davom etadigan xakatonda…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LexHackathon_1_kun

Tanlovning birinchi kuni xakaton ishtirokchilari uchun amaliy seminarlar o‘tkazilib, xakaton qoidalari va yo‘nalishlari tushuntirildi. Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy muammolar va topshiriqlar e’lon qilindi. Jamoalar mentorlar ko‘magida o‘z loyihalari ustida ish boshlashdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
#Adliya_xabari

🇺🇿🇮🇹
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guido De Sanctis bilan uchrashdi.

⬛️Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik 2023-yil 8-iyunda imzolangan O‘zbekiston va Italiya adliya vazirliklari o‘rtasidagi Anglashuv memorandumi asosida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

⚖️Tomonlar mediatsiya institutini rivojlantirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish sohalarida natijalarni yuqori baholadilar.

🌫Adliya vaziri Akbar Tashkulov hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan 2027 – 2029-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi loyihasini kelishish va imzolashni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

Mazkur dastur notariat, advokatura, yuridik yordam, qonunchilikni takomillashtirish, adliya organlarini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish va xalqaro investitsiya arbitraji sohalarida tajriba almashishni nazarda tutadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
🔈DIQQAT, E’LON!

‼️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich  joriy yilning 25-noyabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.

📌Sayyor qabul joyi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Amir Temur MFY, Parkent ko‘chasi, 331-uy. Toshkent shahar Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi binosi

🖥 Sana va vaqt: 25-noyabr, soat 10:00

🗣️ Qabul davomida aholi hamda tadbirkorlik subyektlari to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyati, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilishlari mumkin.

📞 Malumot uchun telefon: +998 71 203-60-03 (2056)

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: samarali foydalanish va xususiy mulkchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tafsilotlari


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
#Adliya_xabari

🇺🇿🇰🇭 Adliya vazirligi vakillari Kambodjada intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tadbirda ishtirok etdi

📍 19–20-noyabr kunlari Kambodjaning Siemreap shahrida “Osiyoda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish: onlayn muhitdan oflayn amaliyotgacha” mavzusida mintaqaviy seminar va konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🌐 Tadbirda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, elektron savdo platformalaridagi huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashildi.

🎤 Adliya vazirligi vakillari “O‘zbekistonda intellektual mulkni himoya qilish” mavzusida taqdimot o‘tkazib, mamlakatimizda erishilgan natijalar hamda bu borada bojxona organlarining o‘rni haqida ma’lumot berdi.

🤝 Shuningdek, davlat idoralari, huquq egalari va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, axborot almashish hamda asl va kontrafakt mahsulotlarni farqlash bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

✅ Mazkur tadbir ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va milliy amaliyotni takomillashtirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3❤2
#Adliya_xabari

🇺🇿🇪🇺🇺🇳 Davlat xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashishga qaratilgan volontyorlik dasturi natijalari sarhisob qilindi

📍 Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasidagi volontyorlik dasturining yakuniy natijalari va o‘rganilgan saboqlarga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

⚖️ Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – volontyorlik dasturi doirasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish, tajriba almashish hamda raqamli davlat xizmatlarini barcha uchun yanada qulay qilish yo‘llarini muhokama qilishdan iborat.

📊 Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 220 nafar volontyor mamlakat bo‘ylab fuqarolarga zarur davlat xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashmoqda.

📅 2026-yil yanvaridan oktyabr oyining o‘rtalarigacha volontyorlar fuqarolarga 914 martadan ortiq yordam ko‘rsatdi. Jumladan, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish, ijtimoiy nafaqalar, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olish, sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish hamda kadastr xizmatlaridan foydalanishda amaliy ko‘mak berildi.


🤝 Volontyorlar o‘z faoliyatida keksalar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va qishloq hududlarida yashovchi fuqarolarga alohida e’tibor qaratdi.

💬 Tadbirda volontyorlar, hamkorlar va tegishli tashkilotlar vakillari muhim xulosani yana bir bor ta’kidladi: raqamli transformatsiya odamlar davlat xizmatlaridan ishonch bilan va mustaqil foydalanishi uchun zarur bilim va ko‘makka ega bo‘lgandagina eng yaxshi natija beradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to'g'risidagi nizomga qoʻshimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3783-1, 2026-yil 21-noyabr).

 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida davlat oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan.
 
Mazkur idoraviy hujjat bilan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda:
 
1. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibi belgilanmoqda.
Bunda, Taʼlim va ilm-fan vazirligi ragʻbatlantirish mablagʻlarini milliy reyting natijalari eʼlon qilingandan boshlab 15 ish kuni ichida tegishli davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazadi.
 
2. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga hisobot yili boʻyicha maʼlumotlarni kiritish muddati 1-fevraldan 1-iyunga uzaytirilmoqda.
 
3. “Bitiruvchi sifati indeksi”ni hisoblash metodikasi (roʻyxat raqami 3964, 2026-yil 31-oktabr) bo‘yicha idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi sababli milliy reytingni yuritishda bitiruvchilar bandligi bog‘liq ayrim indikatorlar “Bitiruvchi sifati indeksi” natijalari bilan almashtirilmoqda.
 
4. Oliy ta’lim tashkilotining xalqaro darajadagi obro‘sini aniqlashda xorijiy hamkor hisoblangan oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlardan jami 200 nafargacha xodim jalb etilishi mumkinligi belgilanmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥2👏2