This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar bosh rejasi haqida
🎙 "BIZDAN ESHITING" — dolzarb savollarga birinchi manbadan javob!
🏗 Qurilish (no)qonuniymi? Yangi xarid qilayotgan uyingiz kafolatli (mi)? Uylar eskirdi (mi)? Yangilash (Renovatsiya) vaqti keldi (mi)?
Bu va boshqa dolzarb savollarga mas'ul idoralar axborot xizmati rahbarlari bilan suhbatimizda javob beramiz.
"Bizdan eshiting" — taxminlar emas, aniq ma’lumotlar va ishonchli javoblar!
❗️Podkastni tomosha qiling, fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring!
Videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=D-8I6Fyu7eU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨👩👧👦 Davlat xizmatlari bilan bolalarni bogʻchaga joylashtirish juda oson!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1
#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Adliya vazirlari kengashining 20-majlisida ishtirok etdi
🤝 Hamdo‘stlik tashkil topganining 35 yilligiga to‘g‘ri kelgan yubiley majlisida Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda notariat va advokatura bo‘yicha tayanch tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.
📋 Majlisda Armanistonning 2026-yilda Kengashdagi raisligi yakunlari, FHDY organlari Metodik kengashini tashkil etish, adliya organlari faoliyatini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🎤 Akbar Tashkulov o‘z nutqida O‘zbekistonda adliya sohasidagi islohotlar, elektron huquqiy xizmatlar va sun’iy intellektni joriy etish tajribasi haqida so‘zlab berdi.
🤔 Bundan tashqari, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan MDH adliya vazirliklari o‘rtasida axborot almashish yagona elektron tizimi konsepsiyasi bo‘yicha "yo‘l xaritasi" doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
🗓 Majlis yakunida Kengash emblemasi va "MDHga a’zo davlatlarda huquqiy ma’rifat yili – 2027" ramzlari tasdiqlandi, Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Rejaga 2027-yil may oyida Toshkentda o‘tkaziladigan "Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.
✍️ Shuningdek, MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklarining hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Mazkur Bitim qonunchilik faoliyati, huquqiy axborot, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🤝 Hamdo‘stlik tashkil topganining 35 yilligiga to‘g‘ri kelgan yubiley majlisida Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari hamda notariat va advokatura bo‘yicha tayanch tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.
📋 Majlisda Armanistonning 2026-yilda Kengashdagi raisligi yakunlari, FHDY organlari Metodik kengashini tashkil etish, adliya organlari faoliyatini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🎤 Akbar Tashkulov o‘z nutqida O‘zbekistonda adliya sohasidagi islohotlar, elektron huquqiy xizmatlar va sun’iy intellektni joriy etish tajribasi haqida so‘zlab berdi.
🗓 Majlis yakunida Kengash emblemasi va "MDHga a’zo davlatlarda huquqiy ma’rifat yili – 2027" ramzlari tasdiqlandi, Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Rejaga 2027-yil may oyida Toshkentda o‘tkaziladigan "Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.
✍️ Shuningdek, MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirliklarining hamkorligi to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Mazkur Bitim qonunchilik faoliyati, huquqiy axborot, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥2
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman
📚 Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2026-yil 25-noyabr kuni “Raqamli transformatsiya sharoitida huquqiy islohotlar: global tendensiyalar va milliy tajriba” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
🔖 Konferensiya yo‘nalishlari bilan tanishing!
🔗 Anjuman axborot xati
🔗 Информационное письмо
🔗 Information letter
❗️ Maqola va tezislaringizni quyidagi usullarda jo‘natishingiz mumkin:
1️⃣ Sayt orqali yuborish
2️⃣ Telegram orqali yuborish
✅ Maqola va tezislar 2026-yil 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.
👉 Telegram guruh 👈
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert

❤3
#Adliya_xabari
🛡 Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi davlat xizmatlari yanada qulay bo‘ladi
🏛 Adliya vazirligi mutaxassislari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida bo‘lib, soha bo‘yicha davlat xizmatlar ko‘rsatilishida o‘tkazilgan biznes-jarayonlarni qayta loyihalash (BPR) tahlili natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
🔎 Tahlil jarayonida qo‘mita tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining har bir bosqichi o‘rganildi. Natijada jarayonlarni soddalashtirish, avtomatlashtirish va fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari aniqlandi.
🚛 Taqdimot yakunida tomonlar xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oldi.
✅ Jumladan:
🟢 xizmat ko‘rsatishning ayrim bosqichlarini elektron tizimga o‘tkazish;
🟢 ortiqcha bosqich va kelishuvlarni qisqartirish;
🟢 qog‘oz hujjat aylanishidan voz kechish;
🟢 avval berilgan xulosalardan qayta foydalanish orqali takroriy ko‘rib chiqish holatlarini bartaraf etish.
📖 Ushbu o‘zgarishlar fuqaro va tadbirkorlarning vaqtini tejash, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
🛡 Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi davlat xizmatlari yanada qulay bo‘ladi
🏛 Adliya vazirligi mutaxassislari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida bo‘lib, soha bo‘yicha davlat xizmatlar ko‘rsatilishida o‘tkazilgan biznes-jarayonlarni qayta loyihalash (BPR) tahlili natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
🔎 Tahlil jarayonida qo‘mita tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining har bir bosqichi o‘rganildi. Natijada jarayonlarni soddalashtirish, avtomatlashtirish va fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari aniqlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍4❤3🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Madaniyat vazirining 2026-yil 28-oktyabrdagi 1-son buyrug‘i bilan “Madaniyat va san’at sohasida grant ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom madaniyat va san’at sohasida nodavlat va xususiy sektor ishtirokini kuchaytirish uchun tanlov asosida grant ajratish tartibini belgilaydi. Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Loyiha natijasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari mualliflarda yoki boshqa huquq egalarida saqlanadi; vazirlik ulardan faqat huquq egasining roziligi bilan notijorat maqsadlarda foydalanishi mumkin.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twittert
Madaniyat vazirining 2026-yil 28-oktyabrdagi 1-son buyrug‘i bilan “Madaniyat va san’at sohasida grant ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom madaniyat va san’at sohasida nodavlat va xususiy sektor ishtirokini kuchaytirish uchun tanlov asosida grant ajratish tartibini belgilaydi. Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Unda quyidagi asosiy talablar nazarda tutilgan:
– grantlar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi; tanlov teatr, sirk, musiqa, raqs, nomoddiy madaniy meros, kino va animatsiya, madaniyat ta’limi, adabiyot, inklyuziv va ijtimoiy loyihalar, startaplar, ijodiy loyihalar, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy limitlar 1 milliard so‘mdan 1,5 milliard so‘mgacha belgilanadi;
– tanlovda OneID orqali maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tgan rezident nodavlat yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va ijodiy jamoalar qatnashishi mumkin. Har bir ariza beruvchi faqat bitta yo‘nalishda ishtirok etadi, tanlovda qatnashish uchun to‘lov undirilmaydi;
– tanlov besh bosqichda o‘tkaziladi. Arizalar e’lon berilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida platforma orqali topshiriladi; hujjatlardagi bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi;
– baholash mezonlari, ballar va baholash tartibi tanlov e’loni joylashtirilishidan kamida 10 kalendar kun oldin tasdiqlanadi va arizalarni qabul qilish boshlanganidan keyin o‘zgartirilmaydi. Loyihalar komissiya a’zolari tomonidan mustaqil baholanadi; kamida 60 ball to‘plagan loyihalar reyting asosida va ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirishga tavsiya etiladi;
– grant sovrindori bilan e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida shartnoma tuziladi. Odatda grantning 50 foizi dastlabki transhda, qolgan ikki 25 foizlik qismi esa muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilib, oraliq hisobotlar ma’qullangandan keyin o‘tkaziladi. Olti oygacha davom etadigan loyiha uchun grant to‘liq miqdorda o‘tkazilishi mumkin;
– grant mablag‘lari shartnomada belgilangan maqsad va tasdiqlangan smeta asosida sarflanadi. Ishchi organ mablag‘lardan foydalanish va loyiha natijalarini monitoring qiladi;
– tanlov jarayoni yoki natijalaridan norozi ishtirokchi 10 kun ichida apellyatsiya shikoyati berishi, Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lsa, sudga murojaat qilishi mumkin.
Loyiha natijasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari mualliflarda yoki boshqa huquq egalarida saqlanadi; vazirlik ulardan faqat huquq egasining roziligi bilan notijorat maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
♎️ Qonunchilikka muvofiq, jamoat joylarida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, mayda bezorilik, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, tungi vaqtda tinchlikni buzish kabi harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
📹Batafsil videorolikda tanishing. 👆
Tartib-intizom va o‘zaro hurmatni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Jamoat joyida nimalar taqiqlanadi? 🤔
📹Batafsil videorolikda tanishing. 👆
Tartib-intizom va o‘zaro hurmatni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤2
#Adliya_xabari
✅ Adliya vazirligining 2026-yilgi budjet ijrosi va maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan axboroti eshitildi
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
✅ Adliya vazirligining 2026-yilgi budjet ijrosi va maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan axboroti eshitildi
♎️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligining “2026-yilda budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari bajarilishi, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan belgilangan maqsadli ko‘rsatgichlarga erishish hamda mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
👍4❤3🔥1
#Adliya_tanlov
📣 📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
✅ Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola va blogpost tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2026-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.
🗓 Muddat: 2026-yil 25-noyabrgacha.
Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan materiallar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Tanlovda ishtirok etish uchun 2026-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.
Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan materiallar hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri
#Teatr
Sahnada inson qadri.Farg‘onada “Vatanga qaytiş” spektakli qalblarni larzaga soldi
Farğona şahridagi Yusufjon qiziq Şakarjonov nomli viloyati musiqali drama teatrida Adliya vazirligi taşabbusi bilan Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalaştirilgan “Vatanga qaytiş” spektakli namoyiş etildi.
Mazmunan teran, hayotiy voqealarga boy spektakl tomoşabinlarda katta taassurot qoldirib, Vatanga muhabbat, insoniy qadriyatlar va yurtga sadoqat tuyğularini yana bir bor yuksaltirdi.
San’at va teatr orqali ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni tarğib etişga qaratilgan uşbu namoyiş tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

👍6🔥3👏2❤1