ADLIYA YANGILIKLARI
✔
17K subscribers
25.9K photos
2.92K videos
40 files
9.92K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun yigʻimlar miqdorlari va ularni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3739-1, 2026-yil 31-oktyabr).

 
Endilikda ta’lim tashkilotining murojaatiga asosan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun bazaviy yigʻim miqdori 4 barobar kamaytirilishi (bazaviy yigʻim miqdorining 25 foizi qo‘llanilishi) mumkin.
 
Mazkur imkoniyat quyidagilardan biri mavjud bo‘lgan qo‘llaniladi:
 
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Prezident Administratsiyasi Rahbarining yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli ta’lim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda;
 
2) ta’lim tashkilotidagi amaldagi ta’lim dasturlarining kamida 50 foizi O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan hamda mazkur akkreditatsiya natijalaridan foydalanish orqali baholash ishlari hajmini qisqartirish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
 
3) maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy shaklda o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
 
4) bir vaqtning o‘zida 10 ta va undan ortiq ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun murojaat qilinganda;
 
5) turdosh ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish uchun umumiy bo‘lgan moddiy-texnika, kadrlar yoki boshqa infratuzilmani takroran baholash talab etilmasligi natijasida akkreditatsiya ishlarining amaldagi hajmi qisqarganda.
 
Mazkur yengillik ta’lim tashkilotlarining akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish, ta’lim sifatini baholash jarayonlarini soddalashtirish va ta’lim sohasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥2👏2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
💥Live

Ayni paytda OAV uchun kontent tayyorlash markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyi” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4❤3👏2
#Adliya_xabari

O'zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi Auditorlar sudi faoliyati bilan tanishdi

Lyuksemburg davlatiga xizmat safari doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi Auditorlar sudida davlat-xususiy sheriklik va autsorsing shartnomalarini nazorat qilishga oid tajribani o'rgandi.

Uchrashuvda davlat mablag'laridan samarali foydalanish, shartnomalarning shaffofligi, moliyaviy xavflarni baholash, xizmatlar sifati va erishilgan natijalarni audit qilish kabi masalalarga e'tibor qaratildi.

Mazkur tajriba davlat-xususiy sheriklik loyihalari va autsorsing mexanizmlarini takomillashtirish, budjet mablag'larining maqsadli sarflanishini ta'minlash hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv Yevropa Ittifoqi ko'magida Adliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda davlat xizmatlari ko'rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2
#Adliya_e'lon

⚖️ LEXHACKATHON 2026 🚀

Huquqiy muammolar uchun real yechimlar!

🖥20–22-noyabr kunlari LexHackathon 2026 bo‘lib o‘tadi!

☄️Agar sizda huquq va davlat boshqaruvi sohasidagi muammolarga innovatsion yechim g‘oyasi bo‘lsa, ushbu xakaton aynan siz uchun!


🎯 Xakaton 2 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔹 Huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish
🔹 Huquqiy targ‘ibot va ta’limni rivojlantirish

🏆 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – 60 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin – 40 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin – 25 000 000 so‘m


🎁 G‘olib jamoalarga qo‘shimcha ko‘mak:
🚀 inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
🏢 loyiha ustida ishlash uchun ofis;
🤝 huquq, texnologiya va biznes sohalarida mentorlik ko‘magi.

📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti

👥 Ishtirokchilar: 3–5 nafardan iborat jamoalar

✅ Ishtirok etish bepul

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 2–15-noyabr
🖥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: eventflow.uz
🌐 Batafsil ma’lumot olish uchun: lexlab.uz

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥3❤2👍2
#Adliya_xabari

📌 Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida “Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🗣 Anjumanda mualliflik huquqini himoya qilish, kontrafakt asarlar tarqalishining oldini olish, ko‘chirmachilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilikning bu boradagi huquqiy xabardorligini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

📊 Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda intellektual mulkka hurmatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbirda OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlar ishtirok etib, berilgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ “Intellektual mulk va ayollar”

“Buyuk ayollarning buyuk ishlari” 3-qism

U ilm-fan tarixini o‘zgartirdi va ayollar ham dunyoni kashfiyotlar bilan o‘zgartira olishini isbotladi!

Bu galgi qahramonimiz — ikki karra Nobel mukofoti laureati, buyuk olima Mariya Kyuri.

Uning hayoti ilmga muhabbat, jasorat va qat’iyat insonni eng yuksak marralarga olib chiqishini ko‘rsatadi. Mariya Kyuri nafaqat ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdi, balki millionlab ayollarga ilhom manbaiga aylandi.

✅Izlaning, yarating va tarixda o‘z izingizni qoldiring!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤1👏1