ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏛 Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar e’tibor markazida

📌 Davlat xizmatlari tizimining samaradorligi, avvalo, fuqarolarning kundalik hayotida sezilishi kerak. Xizmatlardan foydalanishda ortiqcha ovoragarchiliklarning kamayishi, murojaatlarning tezkor hal etilishi va aholining vaqti tejalishi bu boradagi ishlarning muhim natijasidir.

📍 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Samarqand viloyatida davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishishni davom ettirmoqda.

🔹 Ishtixon tumanidan so‘ng vazir Samarqand tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda ish faoliyatining tashkil etilishini ko‘zdan kechirdi.

🔎 Asosiy e’tibor xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, elektron xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga qaratildi.

✅ Zero, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan har bir o‘zgarish, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, fuqarolarning vaqti va mablag‘ini tejashda o‘z ifodasini topishi lozim.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

©️ "Ijodga hurmat — huquqqa hurmat"

✅ Adliya vazirligi hamda mutasaddi vazirliklar hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida 30 dan ortiq ta’lim muassasalari, kutubxonalar, teatrlar va kinoteatrlarda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” hamda “Kutubxona va mualliflik huquqi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

✅Tadbirlar orqali mualliflik huquqiga hurmatni oshirish, plagiatning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida akademik halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishga e’tibor qaratildi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥2👏1
#Adliya_xabari

📍Toshkent shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilgan korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati, ularni sog‘lomlashtirish istiqbollari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Toshkent shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📝 Bir murojaat izidan: "Sevimli" telekanalining mualliflik huquqlari himoya qilindi


✅ Sevimli telekanalining mualliflik huquqlarini himoya qilishga qaratilgan murojaati o‘rganilib, huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Bu kabi holatlar intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ijodiy mehnat qadrini ta’minlash muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Barcha javoblar — videoda! 🎥

⚖️ Unutmang: har qanday ijodiy mahsulot ortida mehnat, vaqt va mahorat turadi. Uni hurmat qilish esa qonun talablariga rioya etishdan boshlanadi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #MilliyKontent #HuquqiyHimoya #BirMurojaatIzidan

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏4❤2🔥2
#Adliya_xabari

🏛 Davlat xizmatlari markazlari faoliyati deputatlar e’tiborida

📌 Davlat xizmatlarining aholi va tadbirkorlar uchun qulay, tezkor va sifatli bo‘lishini ta’minlash, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan biridir.

📍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va Mirzaobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 O‘rganishlar davomida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

♿️ Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan erkin va to‘siqlarsiz foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, infokiosklar orqali xizmatlarni mustaqil olish imkoniyatlari o‘rganildi.

📊 Ma’lumot uchun: davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulaylashtirish maqsadida:
➖ 178 ta davlat xizmati soddalashtirilgan;
➖ 39 ta kompozit xizmat joriy etilgan;
➖ biznes jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida yana 71 ta xizmat soddalashtirilgan;
➖ 40 turdagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish jarayoni maqbullashtirilgan.


🤝 Deputatlar tomonidan mazkur imkoniyatlardan aholining qay darajada foydalanayotgani, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

✅ O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining joylardagi holatini tahlil qilish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish hamda sohadagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥1