ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi


Bugun Adliya vazirligida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida xodimlarning savodxonlik sinovi tashkil etildi.

Davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda imlo qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur loyihada vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Diktant davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilida bexato yozish, imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Diktant Toshkent davlat yuridik universitetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Durdona Rasulmuhamedova tomonidan olindi.

Shuningdek, “Umummilliy diktant” loyihasi vazirlik tizimidagi barcha muassasalarni ham qamrab olmoqda.

Mazkur loyiha ish yuritishda imlo me’yorlariga rioya etish va xodimlarning yozma nutq savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1👏1
🔷Toshkent shahrida to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog‘lomlashtirish masalalarini o‘rganish davom etmoqda

🔷Adliya vaziri o‘rinbosari– To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev Toshkent shahridagi to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan korxonalar faoliyati bilan joyida tanishdi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5🔥1
#Adliya_xabari

15 ta murojaat. 1 ta masala joyida hal etildi. 14 tasi ijroga yo‘naltirildi.


Bugun, 23-oktyabr kuni Adliya vazirligida adliya vazirining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarining notariat, advokatura, FHDY, mehnat qonunchiligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik, uy-joy, o'z-o'zini band qilish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 3 tasi — Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridan onlayn tarzda qabul qilindi.

➖ 1 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi;
➖ 14 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📌 Eslatma: Adliya vazirining qabuli har juma kuni soat 15:00–17:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Qiziqarli_fakt

"Zolushka" ertagiga ishora: Christian Louboutin qizil taglikni qanday qilib o'z brendiga aylantirgan?


™️Baland poshna va yarqirab turgan qizil rangli taglik — bu shunchaki chiroyli dizayn emas, balki rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan tasviriy tovar belgisidir. Bu oʻrinda shunchaki qizil rangning oʻzi emas, balki poyabzalning qolgan qismi bilan kontrast hosil qiluvchi qizil rangli taglikning tasviriy elementi muhofazaga olingan.

Hammasi qanday boshlangan?
👠1993-yilda dizayner Christian Louboutin yangi tufli namunasidan koʻngli toʻlmay turganda, assistenti tirnoqlariga yorqin qizil lak surtayotganini koʻrib qoladi. Louboutin lakni olib, tuflining qora tagligini qizilga boʻyaydi. Shu tariqa afsonaviy «Red Sole» paydo boʻladi.

⚖️ YSL bilan milliardlik «sud jangi» (2011–2012)

Lubuten qizil rangni (Pantone 18-1663 TPX) tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi. Yves Saint Laurent (YSL) toʻliq qizil tufli chiqargach, katta sud jarayoni boshlandi. Sud qarori: Agar tuflining usti boshqa rangda (masalan, qora yoki bej) boʻlib, tagligi qizil boʻlsa — bu faqat Christian Louboutin brendiga tegishli!


❗️Boshqa brendlar faqat butunlay monoxrom (toʻliq qizil) tufli ishlab chiqarishi mumkin.

💡 Nima uchun bu muhim?
✅ Tovar belgisi — shunchaki logotip emas: Mahsulotning maʼlum bir qismidagi rang va shakl ham tovar belgisi boʻla olishi isbotlandi.
✅ Kichik gʻoyadan — milliardlik aktiv: Oddiy tirnoq lakidan boshlangan tushuncha brendning asosiy kapitaliga aylandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3