ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏛 Davlat xizmatlarida asosiy mezon — fuqarolar uchun qulaylik va sifat

📌 Davlat xizmatlarining tezkor, shaffof va qulay tashkil etilishi aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan, zarur xizmatlardan bir joyning o‘zida foydalanishi davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔹 Shu maqsadda davlat xizmatlari markazlari faoliyatini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📍 Bugun adliya vaziri Akbar Tashkulov Samarqand viloyati Ishtixon tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, uning faoliyati va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔎 Jarayonda aholiga yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Davlat xizmatlari tizimini takomillashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat xizmatlarining har bir inson uchun ochiq, tezkor va sifatli bo‘lishini ta’minlashdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik davom etmoqda

📌 2026-yil 22-oktyabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari-To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida O‘zbekistondagi to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini diagnostik o‘rganish doirasida maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish;
🔹 2030-yilgacha mo‘ljallangan Strategiya loyihasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish;
🔹 hujjatlar loyihalariga OTB ekspertlik ko‘magini jalb qilish;
🔹 moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va xorijiy tajribani o‘rganish;
🔹 OTB tomonidan ajratilgan mablag‘lar doirasidagi amaliy ishlarni jadallashtirish.


📊 Shuningdek, OTB ekspertlari amaldagi huquqiy, institutsional va operatsion tizim, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirdilar.

🤝 Uchrashuv yakunida diagnostik tahlil uchun zarur ma’lumotlarni tizimlashtirish, ekspertlik ko‘magi yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda keyingi hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1👏1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚔️Adliya organlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o'tkazildi

✅Qashqadaryo viloyati: Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

✅Andijon viloyati: "Yoshlar kuni" doirasida “Sog‘lom hayot sari birga yuguramiz!” shiori ostida marafon o'tkazildi.

✅Farg‘ona viloyati: Kelajak bunyodkorlari bilan uchrashuv: IT sohasi yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

✅Samarqand viloyati: “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Oqdaryo tumanida “Sog‘lom hayot sari birga yuguramiz!” shiori ostida yugurish marafoni tashkil etildi.

✅Surxondaryo viloyati: Yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
#Adliya_xabari

🏛 Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar e’tibor markazida

📌 Davlat xizmatlari tizimining samaradorligi, avvalo, fuqarolarning kundalik hayotida sezilishi kerak. Xizmatlardan foydalanishda ortiqcha ovoragarchiliklarning kamayishi, murojaatlarning tezkor hal etilishi va aholining vaqti tejalishi bu boradagi ishlarning muhim natijasidir.

📍 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Samarqand viloyatida davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishishni davom ettirmoqda.

🔹 Ishtixon tumanidan so‘ng vazir Samarqand tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda ish faoliyatining tashkil etilishini ko‘zdan kechirdi.

🔎 Asosiy e’tibor xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, elektron xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga qaratildi.

✅ Zero, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan har bir o‘zgarish, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, fuqarolarning vaqti va mablag‘ini tejashda o‘z ifodasini topishi lozim.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

©️ "Ijodga hurmat — huquqqa hurmat"

✅ Adliya vazirligi hamda mutasaddi vazirliklar hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida 30 dan ortiq ta’lim muassasalari, kutubxonalar, teatrlar va kinoteatrlarda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” hamda “Kutubxona va mualliflik huquqi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

✅Tadbirlar orqali mualliflik huquqiga hurmatni oshirish, plagiatning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida akademik halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishga e’tibor qaratildi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥2👏1