ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍Toshkent shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilgan korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati, ularni sog‘lomlashtirish istiqbollari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Toshkent shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Batafsil

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📝 Bir murojaat izidan: "Sevimli" telekanalining mualliflik huquqlari himoya qilindi


✅ Sevimli telekanalining mualliflik huquqlarini himoya qilishga qaratilgan murojaati o‘rganilib, huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Bu kabi holatlar intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ijodiy mehnat qadrini ta’minlash muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Barcha javoblar — videoda! 🎥

⚖️ Unutmang: har qanday ijodiy mahsulot ortida mehnat, vaqt va mahorat turadi. Uni hurmat qilish esa qonun talablariga rioya etishdan boshlanadi.

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #MilliyKontent #HuquqiyHimoya #BirMurojaatIzidan

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏4❤2🔥2
#Adliya_xabari

🏛 Davlat xizmatlari markazlari faoliyati deputatlar e’tiborida

📌 Davlat xizmatlarining aholi va tadbirkorlar uchun qulay, tezkor va sifatli bo‘lishini ta’minlash, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish hamda xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan biridir.

📍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va Mirzaobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 O‘rganishlar davomida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

♿️ Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan erkin va to‘siqlarsiz foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, infokiosklar orqali xizmatlarni mustaqil olish imkoniyatlari o‘rganildi.

📊 Ma’lumot uchun: davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulaylashtirish maqsadida:
➖ 178 ta davlat xizmati soddalashtirilgan;
➖ 39 ta kompozit xizmat joriy etilgan;
➖ biznes jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida yana 71 ta xizmat soddalashtirilgan;
➖ 40 turdagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish jarayoni maqbullashtirilgan.


🤝 Deputatlar tomonidan mazkur imkoniyatlardan aholining qay darajada foydalanayotgani, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

✅ O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining joylardagi holatini tahlil qilish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish hamda sohadagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥1
#Adliya_xabari

“Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi


Bugun Adliya vazirligida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida xodimlarning savodxonlik sinovi tashkil etildi.

Davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda imlo qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan mazkur loyihada vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Diktant davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilida bexato yozish, imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Diktant Toshkent davlat yuridik universitetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Durdona Rasulmuhamedova tomonidan olindi.

Shuningdek, “Umummilliy diktant” loyihasi vazirlik tizimidagi barcha muassasalarni ham qamrab olmoqda.

Mazkur loyiha ish yuritishda imlo me’yorlariga rioya etish va xodimlarning yozma nutq savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1👏1