ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🏢 Kegeyli tumanida Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali uchun barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

🎉 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiya va turizm masalalari qo‘mitasi raisi B. Seytnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov hamda tuman hokimi A. Kamalov ishtirok etib, yangi binoning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.


Ta’kidlanganidek, zamonaviy binoning foydalanishga topshirilishi aholiga davlat xizmatlarini qulay va sifatli ko‘rsatish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning vaqtini tejashga xizmat qiladi.

✅ Aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ko‘rsatish va davlat idoralarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish — adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.

website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Liftlar, attraksionlar va ishlab chiqarish obyektlari xavfsizligi: qanday o‘zgarishlar taklif etilmoqda?


Adliya vazirligi tashabbusi bilan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini kuchaytirish, avariyalarning oldini olish hamda inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
🔴Live

Hozirda Adliya vazirligi binosida adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Osiyo taraqqiyot banki (ADB)ning mintaqaviy texnik koʻmak dasturlari boʻyicha maslahat missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
#Adliya_xabari

"Otchopar" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov ishtirokida Qarshi shahridagi “Otchopar” mahallasida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 60 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, FHDY, davlat xizmatlari, kadastr, ijtimoiy masalalar, uy-joy, sog‘liqni saqlash, kredit, tadbirkorlik hamda kommunal sohalarga oid murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida 10 ta murojaat joyida hal etildi, 30 ga yaqin murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 16 ta murojaat ish yurituviga olindi.

Har bir murojaatning qonuniy va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ular ijrosi alohida nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etishlari shart emas

 
Adliya vazirligi tashabbusi bilan 33 ta idoraviy hujjatga fuqarolar tomonidan hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga, ularning elektron shaklini ham taqdim etish va tegishli tashkilotlar tomonidan qabul qilish imkoniyatini yaratuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (ro‘yxat raqamlari 3958, 2026-yil 20-oktyabr va 3959, 2026-yil 20-oktyabr).

Bu nimani anglatadi?
Endilikda biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan foydalanish mumkin.


Eng muhimi, raqamli hujjatlar qayerlarda qabul qilinadi?

🔵  banklarda — bank xizmatlaridan foydalanish, ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida shaxsni tasdiqlashda;
🔵 notarial idoralarda — tegishli notarial harakatlarni amalga oshirishda;
🔵 aeroportlarda — O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishda;
🔵 urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda;
🔵 telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishda: abonent bilan xizmat shartnomasini tuzishda;
🔵 qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda: donorning shaxsini tasdiqlashda;
🔵 lombardlar bilan shartnoma tuzishda;
🔵 tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar ko‘rsatishda;
🔵 fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish va boshqa bir qator xizmatlarni ko‘rsatishda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga muvofiq, shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassisfikri

Sud boshqaruvchilari kim ❓

Qodirov G'ayrat Xaydarovich - 12 yillik tajribaga ega
sud boshqaruvchisi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Bilasizmi, yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini onlayn tekshirish mumkin:


📌 my.gov.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting;

📱 Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risida ma'lumot xizmatidan foydalaning;

✅ Jarima ballaringizni bilib oling.

⏰ Davlat xizmati avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-son qarori

✅ Unutmang, yo‘l qoidasi — umr foydasi!

✨ Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1