Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
Aslida, sizning suratingiz kimniki: fotografnikimi yoki sizniki⁉️
⚖️ Bu va boshqa qiziq savollarga javobni videorolikdan bilib oling.
📲 Rolikni ko‘ring va huquqlaringizni biling. Uni kontent yaratuvchi tanishlaringizga ham yuboring‼️
#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #ShaxsiyHuquqlar #SuniyIntellekt #HuquqiySavodxonlik
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3420-3, 2026-yil 20-oktyabr).
Unga ko‘ra:
1. To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Bunda:
– tadbirkorga nisbatan sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomili joriy etilsa, uning mablag‘larini boshqarish uchun bankda maxsus hisobvaraq ochiladi;
– tadbirkorning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha chiqim operatsiyalari to‘xtatiladi hamda mavjud va keyinchalik kelib tushadigan mablag‘lar maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi;
– asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarga qo‘yilgan band to‘lov hujjatlari, shu jumladan inkasso topshiriqnomalari hamda band solish to‘g‘risidagi qarorlar ularni qo‘ygan tashkilotlarga (organlarga) ijrosiz qaytariladi;
– maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan esa faqat mijozning yoki sud boshqaruvchisining toʻlov topshiriqnomasi asosida foydalaniladi.
Mazkur choralar o‘g‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yoki bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlarning oyoq turishiga va faoliyatini tiklashiga xizmat qiladi.
2. Fuqarolar istalgan bankdan o‘zining barcha bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘lmoqda (muqaddam faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bankdan bunday ma’lumotlarni olish mumkin edi).
3. Bank hisobvaraqlarini ochishda endilikda xorijga chiqish biometrik pasportidan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

❤2👍2
#Til_bayrami
Adliya vazirligi jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi jamoasi buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Marosimda ona tilimizning rivoji va yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

❤6👍5🔥3👏2
#Adliya_xabari
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Qarshi shahridagi “PREMIUM CAPITAL GROUP” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari hamda sohada uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish, tovar belgilaridan qonuniy foydalanishni ta’minlash va brendlarning huquqiy muhofazasini kuchaytirish biznes faoliyatining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif yakunida tadbirkorning tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, ushbu jarayonda amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

❤4👍1
#Adliya_xabari
Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.
Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kelgusidagi maqsadlari hamda huquqshunoslik sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

👍5🔥2❤1
#Adliya_xabari
🏢 Kegeyli tumanida Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali uchun barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.
Ta’kidlanganidek, zamonaviy binoning foydalanishga topshirilishi aholiga davlat xizmatlarini qulay va sifatli ko‘rsatish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning vaqtini tejashga xizmat qiladi.
✅ Aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ko‘rsatish va davlat idoralarini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish — adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
🏢 Kegeyli tumanida Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Davlat xizmatlari markazining Xalqabad filiali uchun barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.
🎉 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiya va turizm masalalari qo‘mitasi raisi B. Seytnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov hamda tuman hokimi A. Kamalov ishtirok etib, yangi binoning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2