ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 “Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuksak baho berdi

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami muborak!

Adliya vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy o‘zligini anglash va mustaqillik sari intilishida tarixiy voqea bo‘ldi. Bugun esa davlat tilining nufuzini yuksaltirish Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ma’naviy va siyosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Davlat tili davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonch, milliy birlik va fuqarolik daxldorligining muhim asosidir.

Ona tilimizning qadri yuksak, davlatimizning nufuzi baland, xalqimizning birligi mustahkam bo‘lsin!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Tartibga solish qumdoni” loyihasi doirasida Qo‘shrabod tumanida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat COOP” kooperativiga tashrif buyurib, biznes loyihalar faoliyati va erishilgan natijalar bilan tanishdi.

Adliya vazirligi tomonidan Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va “Madad” NNT hamkorlikda “Tartibga solish qumdoni” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu ijtimoiy loyiha aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Natijalar esa quvonarli!
🔹 Ta’lim: 15 nafardan ortiq yoshlar ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi, oliygohlarga o‘qishga kirganlar bor.
🔹 IT va mobilografiya: Azizbek mustaqil veb-saytlar yaratmoqda, Ozodbek esa mobilograf sifatida 5 ta loyihada ishlamoqda.
🔹 Tikuvchilik: mahalliy bozor uchun choyshablar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Oziq-ovqat: non, qandolatchilik va yarim tayyor mahsulotlar savdosi o‘smoqda.
🔹 Dehqonchilik: qovun-tarvuz yetishtirilib, bozorga chiqarildi, yangi uzumzorlar barpo etildi.

Vazir har bir biznes modelni o‘rganib, kooperativ a’zolari va yoshlar bilan muloqot qildi. Farzandlarining yutuqlaridan mamnun ota-onalar samimiy minnatdorlik bildirdi.

Muhimi, kelgusida “Navkat COOP” tajribasi asosida kooperativlar va kooperatsiya sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

Aslida, sizning suratingiz kimniki: fotografnikimi yoki sizniki
⁉️

⚖️ Bu va boshqa qiziq savollarga javobni videorolikdan bilib oling.

📲 Rolikni ko‘ring va huquqlaringizni biling. Uni kontent yaratuvchi tanishlaringizga ham yuboring‼️

#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #ShaxsiyHuquqlar #SuniyIntellekt #HuquqiySavodxonlik

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3420-3, 2026-yil 20-oktyabr).

 
Unga ko‘ra:
 
1. To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Bunda:

– tadbirkorga nisbatan sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomili joriy etilsa, uning mablag‘larini boshqarish uchun bankda maxsus hisobvaraq ochiladi;
– tadbirkorning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari bo‘yicha chiqim operatsiyalari to‘xtatiladi hamda mavjud va keyinchalik kelib tushadigan mablag‘lar maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi;
– asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarga qo‘yilgan band to‘lov hujjatlari, shu jumladan inkasso topshiriqnomalari hamda band solish to‘g‘risidagi qarorlar ularni qo‘ygan tashkilotlarga (organlarga) ijrosiz qaytariladi;
– maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan esa faqat mijozning yoki sud boshqaruvchisining toʻlov topshiriqnomasi asosida foydalaniladi.
Mazkur choralar o‘g‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yoki bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlarning oyoq turishiga va faoliyatini tiklashiga xizmat qiladi.
 
2. Fuqarolar istalgan bankdan o‘zining barcha bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘lmoqda (muqaddam faqat asosiy hisobvaraq ochilgan bankdan bunday ma’lumotlarni olish mumkin edi).
 
3. Bank hisobvaraqlarini ochishda endilikda xorijga chiqish biometrik pasportidan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
#Til_bayrami

Adliya vazirligi jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi jamoasi buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Marosimda ona tilimizning rivoji va yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥3👏2
#Adliya_xabari

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Qarshi shahridagi “PREMIUM CAPITAL GROUP” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari hamda sohada uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish, tovar belgilaridan qonuniy foydalanishni ta’minlash va brendlarning huquqiy muhofazasini kuchaytirish biznes faoliyatining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif yakunida tadbirkorning tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, ushbu jarayonda amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.

Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kelgusidagi maqsadlari hamda huquqshunoslik sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2❤1