ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📍 Jizzaxda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Jizzax viloyatidagi to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan korxonalar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🏢 Xususan, “KARBONAT” AJ, “GOLDFIBER PRO” MCHJ, “JIZZAX YO‘L QURISH-TA’MIRLASH” MCHJ hamda “GOLD FISH AGRO EXPORT” MCHJning joriy holati tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish davomida:
— to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiqligi;
— korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi va saqlanishi;
— mol-mulklarni inventarizatsiya qilish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish jarayonlari;
— kreditorlik qarzdorliklari;
— ishlarning davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar ko‘rib chiqildi.

📈 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.


🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — korxonalarni imkon qadar tiklash, ish o‘rinlarini saqlash va kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Adliya_xabari

✨ Davlat xizmatlarini qanday qilib yanada inklyuziv qilamiz?

✅ Davlat xizmatlarini taqdim etishda eng muhimi fuqaroning muammosi tinglanishi, unga tushunarli javob berilishi va zarur yordam koʻrsatilishidir.

🔸 Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarining 6 ta pilot tumanidan kelgan 18 nafar ishtirokchi uchun Namangan shahrida "Inklyuziv va genderga sezgir davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini oshirish" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda.

🤝 Treninglar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Tadbirni:
Adliya vazirligi Departament rahbari Eldor Mahkamov;
Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi rahbari o'rinbosari Renata Vrobel;
Latviyaning O'zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems;
Namangan viloyati hokimi o'rinbosari Dinara Yakubova ochib berishdi.

🔸Trening davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda:

✔️ my.gov.uz portali orqali elektron xizmatlardan foydalanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
✔️ Genderga asoslangan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va jabrlanganlarni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish;
✔️ Mahalliy nizolarni hal etish va mediatsiya;
✔️ Kasbiy emotsional charchashning oldini olish.


✅ Treninglar Latviyaning MARTA markazi ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan o'tkazilmoqda.

🗓 Joriy yilning 22-oktyabridan treninglar Buxoro viloyatida davom ettiriladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1
💥Live
Ayni vaqtda Qo'shrabot tumanining "Shavona" mahallasida adliya vaziri Akbar Tashkulov fuqarolarni sayyor tarzda qabul qilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni (ro‘yxat raqami 3956, 2026-yil 19-oktyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 
Mazkur idoraviy hujjat Markaziy bank tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, shuningdek mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu hujjatga ko‘ra:

– “Tartibga solish qumdoni”ning institutsional modeli kengaytirilib, 3 ta alohida sinov yo‘lagi joriy etildi:
• “innovatsiya”;
• “akseleratsiya”;
• “texnologik hamkorlik”.

– Ishtirokchilar doirasi kengaytirilib, norezident yuridik shaxslar (birgalikda ariza beruvchi sifatida) hamda faoliyati Markaziy bankdan boshqa davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan yuridik shaxslarning “Tartibga solish qumdoni”da ishtirok etishiga imkoniyat yaratildi.

– Yangi moliyaviy xizmatni joriy etish istagida bo‘lgan yuridik shaxslar uchun ariza topshirish oldi maslahati (pre-application support) instituti joriy etildi.

– “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibi belgilandi.

– “Tartibga solish qumdoni” doirasidagi moliyaviy xizmatni targ‘ib qilishga qaratilgan reklama va axborot materiallarida ushbu xizmat “Tartibga solish qumdoni” doirasida sinov tarzida taqdim etilayotganligini ko‘rsatish shartligibelgilandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qo‘shrabot tumanida аdliya vazirining sayyor qabuli o‘tkazildi

Adliya vaziri A. Tashkulovning Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Shovona” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida jami 40 nafar fuqaroning uy-joy, yer va kadastr, meros munosabatlari, shuningdek, infratuzilmani yaxshilash hamda sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.


Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib, 2 tasi yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi. Qolgan 33 ta murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, 5 nafar fuqaroga sayyor tartibda notarial harakatlar amalga oshildi, 3 nafar fuqaroga esa sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Har bir murojaatning qonuniy va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ular ijrosi alohida nazoratga olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3👏2
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM