ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

©️Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — ilm-fan va ijodning muhim tamoyillari

✅Adliya vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

✅Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.


#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Bankrotlik hukm emas. Ko‘pchilik shu so‘zini eshitganda, kompaniyaning hisobi butunlay nolga tenglashganini tasavvur qiladi. Aslida esa hammasi biroz boshqacha.


✅ Qonunchilikka ko’ra, korxona hamkorlari ya’ni bank yoki soliqchilardan bo‘lgan qarzini 3 oy davomida to‘lay olmasa va bu qarz miqdori belgilangan summadan oshib ketgan bo‘lsa, u to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

✅Ammo bu korxonani darhol yopish kerak degani emas. Galda vazifa ana shunday tadbirkorlik subyektlarini qayta “oyoqqa qo’yish”, qonun tilida sanatsiya qilish ya’ni sog’lomlashtirishdan iborat.

✅O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To’lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi ana shu maqsadda Navoiy viloyatida bo’ldi. O‘rganish Nurota tumani va Navoiy shahrida toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxona faoliyati misolida olib borildi

✅Bunda korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning choʻzilish sabablari tahlil etildi.

🔹Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sogʻlomlashtirish imkoniyatlari, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini taʼminlash masalalari bo’yicha belgilab berilgan chora-tadbirlar asosida sud boshqaruvchilari bilan muhokamalar tashkil etilmoqda. Korxonalarni sog’lomlashtirish maqsadida kreditorlar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
#Mehr_ulash

❤️«Mehr ulash» — bir ezgu tomchi, bir hayotga umid

✔️Adliya vazirligida insonparvarlik, mehr-oqibat va ezgulikni targ‘ib etishga qaratilgan «Mehr ulash» donorlik aksiyasi tashkil etildi.

❗️Aksiyaning asosiy maqsadi — ixtiyoriy qon donorligining ahamiyatini keng targ‘ib qilish, donorlik madaniyatini rivojlantirish hamda inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

✔️Tadbirda donorlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirib, inson hayotini asrab qolishdek xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

✔️Donor qoni og‘ir kasalliklarni davolash, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, qon topshirish — nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki yuksak insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat namunasidir.

✔️Unutmang, bir donor uch nafargacha inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin. Ba’zan bir ezgu qaror kimningdir hayotga bo‘lgan umidini tiklaydi, bir oilaga esa quvonch va ishonch bag‘ishlaydi

♥️ Bir ezgu tomchi — kimdir uchun yangi hayot imkoniyati!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏭 Samarqand viloyatida to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

📍Samarqand viloyati hududidagi to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan yirik korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

👥 Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi tomonidan bankrot korxonalarning haqiqiy holati joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

📊 Har bir korxona bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, faoliyatini tiklash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

🤝 Shuningdek, tegishli davlat organlari, tashkilotlar hamda korxona mulkdorlari bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔄 Kelgusida bankrot korxonalar faoliyatini tiklash, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish bo‘yicha manfaatdor tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🎯 Asosiy maqsad — korxonalarni imkon qadar saqlab qolish, faoliyatini tiklash, ish o‘rinlarini asrash va yangi ish o‘rinlari yaratish!

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
#20_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Har bir aniqlangan kamchilik — tizimni yaxshilash imkoniyati

Korrupsiyaviy xavf yoki kamchilik aniqlanganda faqat unga munosabat bildirish bilan cheklanib qolmaslik kerak.

🔹 Uning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, kelgusida takrorlanmasligi uchun choralar belgilanadi.

✅ Yechim: aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralarni kuchaytirish.

🎯 Natija: bir xil muammolarning takrorlanish xavfi kamayadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍3❤2
#Adliya_xabari

Har qanday fikrga baho berishda uning to'liq konteksti muhim!


Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim videolar voqea yoki fikr haqida to‘liq tasavvur bermasligi mumkin. Xolis baho berish uchun fikrning mazmuni va kontekstiga e’tibor qarating. Xulosa qilishdan avval video (xabar)larni to‘liq tomosha qiling.

"О‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar hamda milliy brend egalari bilan ochiq muloqot"da Adliya vazirligi mas'ul xodimi tomonidan berilgan batafsil javobni yuqoridagi video va quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/fN0sahbOKwA

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7❤5👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan aholining bandligini ta’minlash va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida Yashnobod tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6