ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUning yangi binolariga tamal toshi qo‘yildi

✅Yangi Toshkent shaxrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining yangi binolari qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida yangi inshootlar poydevoriga ramziy kapsula joylashtirildi.

Mazkur loyihalar davlat boshqaruvi infratuzilmasini rivojlantirish, huquqiy ta’lim sifatini oshirish va soha uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Bugun qo‘yilgan tamal toshi — kelajakdagi ulkan bunyodkorlik ishlarining boshlanishi.

Yangi inshootlar adliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy yuridik ta’limni rivojlantirish va malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👏9❤7👍4
#21_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Korrupsiyaning oldini olish bir martalik aksiya emas

Korrupsiyaga qarshi kurash faqat alohida tadbir yoki kampaniya doirasida amalga oshiriladigan ish emas.

🔹 Xavflarni aniqlash, xodimlarni o‘qitish, nazorat qilish va jarayonlarni takomillashtirish doimiy davom etishi kerak.

✅ Yechim: korrupsiyaga qarshi profilaktik choralarni tashkilotning kundalik faoliyatiga integratsiya qilish.

🎯 Natija: korrupsiyaga qarshi barqaror ichki muhit shakllanadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👏2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

🇵🇲 Mualliflik huquqi haqida siz ishonib yurgan 5 ta noto‘g‘ri tushuncha

✍️ Mualliflik huquqi haqidagi noto‘g‘ri tushunchalar ba’zan o‘z huquqlarimizni himoya qilishimizga, ba’zan esa boshqalarning ijodini hurmat qilishimizga to‘sqinlik qiladi. Asarni ro‘yxatdan o‘tkazish shartmi? Internetdagi rasmlardan istalgancha foydalanish mumkinmi? Birovning asarini o‘zgartirish uning muallifiga aylantiradimi?

🎬 Ushbu rolikda mualliflik huquqi haqidagi eng ko‘p uchraydigan 5 ta noto‘g‘ri tushunchaga oydinlik kiritamiz.

✅ Tomosha qiling va o‘z huquqlaringizni biling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥4👍2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
🔈DIQQAT, E’LON!

‼️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabaevich joriy yilning 20-oktyabr kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.

📌Sayyor qabul joyi: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, “Shovona” mahallasi Madaniyat markazi binosi

🖥 Sana va vaqt: 20-oktyabr, soat 11:00

🗣️ Qabul davomida Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:

➖davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
➖notariat, advokatura va yuridik xizmatlar;
➖intellektual mulk va to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik);
➖arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qilishlari mumkin.

🖋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 701-00-55 (ichki raqam - 4004) telefon raqami orqali 19-oktyabr kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


⌛ Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda:

▪️davlat xizmatlari,
▪️FHDY xizmatlari,
▪️notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.

📍 Hurmatli samarqandliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.

🔔Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbek tili bayrami


21-oktyabr kuni yurtimizda O‘zbek tili bayrami keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Adliya vazirligi markaziy apparatida “Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Ko‘chimov, taniqli shoir, jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur hamda taniqli shoira, jurnalist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zebo Mirzo ishtirok etdi.

Uchrashuvda qonun hujjatlari tilining aniqligi va ravonligi, yoshlar orasida ona tiliga e’tibor va hurmatni kuchaytirish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqimizni birlashtiruvchi, hamjihatlik va milliy birdamlikni mustahkamlovchi umummilliy qadriyat sifatidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Tadbir ustozlar va yoshlar o‘rtasidagi samimiy, sermazmun muloqotga ulanib, ona tilimizning buguni va kelajagi haqidagi mushohadalar, qiziqarli savol-javoblar bilan yanada mazmunli tus oldi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1