#6_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Raqamlashtirish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishning muhim vositasi
Ortiqcha inson omili ayrim jarayonlarda turli suiiste’molliklar uchun sharoit yaratishi mumkin.
🔹 Xizmat va jarayonlarni raqamlashtirish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta'minlash mumkin.
✅ Yechim: imkon qadar xizmat va jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish.
🎯 Natija: inson omili kamayadi, jarayonlarning kuzatuvchanligi oshadi.
Raqamlashtirilgan jarayon — shaffoflik ta'minlanadigan jarayon hisoblanadi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)

👍4
#Adliya_xabari
🇺🇿🌐 Jahon banki vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirlining birinchi o’rinbosari M.Istamov Jahon bankining to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha eksperti U. Paterson bilan uchrashdi.
Uchrashuvda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, sanatsiyada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan kredit risklarini baholash va zaxiralar shakllantirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib yanada muvozanatli prudensial mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Jahon banki bilan ekspertlik hamkorligini davom ettirishga kelishib olindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📑 Adliya vazirligi “Urganch–Xiva” pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3949, 2026-yil 30-sentyabr).
✅ Unga ko‘ra:
➖ operator yo‘ldan foydalanish boshlanishidan oldin tariflar, to‘lov usullari hamda muqobil bepul yo‘l haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
➖ pulli yo‘ldan foydalanish operator va foydalanuvchi o‘rtasidagi ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi;
➖ to‘lovlar elektron shaxsiy hisob, to‘lov punkti yoki kechiktirilgan to‘lov usuli orqali amalga oshiriladi;
➖ yo‘ldan foydalanish uchun to‘lov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oshmagan holda operator tomonidan belgilanadi;
➖ foydalanuvchi to‘lov tarixi va qarzdorligini tekshirish, noto‘g‘ri hisoblangan to‘lovni qayta hisoblashni talab qilish hamda operatorning harakatlari ustidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega;
➖ to‘siqsiz tizimda kechiktirilgan to‘lov qo‘llanilganda, to‘lov xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim;
➖ qarzdorlik bo‘yicha shikoyat kelib tushganda, operator besh ish kuni ichida ma’lumotlarni qayta tekshiradi. Shikoyat asosli bo‘lsa, qarzdorlik bekor qilinadi yoki qayta hisoblanadi;
➖ operator yo‘lni soz holatda saqlash, avariya va texnik nosozliklarda yordamni tashkil etish hamda yo‘ldagi nosozliklar tufayli transport vositalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashga majbur.
❗️ Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi hamda pulli avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirguniga qadar amal qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
➖ operator yo‘ldan foydalanish boshlanishidan oldin tariflar, to‘lov usullari hamda muqobil bepul yo‘l haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;
➖ pulli yo‘ldan foydalanish operator va foydalanuvchi o‘rtasidagi ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi;
➖ to‘lovlar elektron shaxsiy hisob, to‘lov punkti yoki kechiktirilgan to‘lov usuli orqali amalga oshiriladi;
➖ yo‘ldan foydalanish uchun to‘lov miqdori transport vositasi toifasiga qarab, Transport vazirligi tomonidan belgilangan eng yuqori miqdorlardan oshmagan holda operator tomonidan belgilanadi;
➖ foydalanuvchi to‘lov tarixi va qarzdorligini tekshirish, noto‘g‘ri hisoblangan to‘lovni qayta hisoblashni talab qilish hamda operatorning harakatlari ustidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega;
➖ to‘siqsiz tizimda kechiktirilgan to‘lov qo‘llanilganda, to‘lov xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim;
➖ qarzdorlik bo‘yicha shikoyat kelib tushganda, operator besh ish kuni ichida ma’lumotlarni qayta tekshiradi. Shikoyat asosli bo‘lsa, qarzdorlik bekor qilinadi yoki qayta hisoblanadi;
➖ operator yo‘lni soz holatda saqlash, avariya va texnik nosozliklarda yordamni tashkil etish hamda yo‘ldagi nosozliklar tufayli transport vositalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashga majbur.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🇺🇿🌐 BMT Universitetining instituti direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kanadaning Toronto shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov BMT Universitetining instituti direktori professor K. Madani bilan uchrashdi.
Uchrashuvda suv resurslarini boshqarish va muhofaza qilish sohasidagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, xalqaro tajribani milliy qonunchilikka tatbiq etish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda ushbu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, 2025-yilda yangi Suv kodeksi qabul qilingani qayd etildi.
K. Madani O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va institut bilan shakllanayotgan hamkorlikni ijobiy baholadi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni davom ettirish, ekspertlar almashinuvi va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

❤5👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
—
«В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен.
Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем:
– Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование;
– Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»;
– Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы;
– в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос.
Facebook|Instagram|X

❤3🔥2
#7_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Muammoning yuzaga kelishini kutmaslik kerak
Korrupsiyaga qarshi kurashning samarali usullaridan biri — xavfni sodir bo‘lgandan keyin emas, oldindan aniqlash.
🔹 Buning uchun tashkilot faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar muntazam tahlil qilinadi.
✅ Yechim: korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha choralarni belgilash.
🎯 Natija: korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar oldindan bartaraf etiladi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Muammoning yuzaga kelishini kutmaslik kerak
Korrupsiyaga qarshi kurashning samarali usullaridan biri — xavfni sodir bo‘lgandan keyin emas, oldindan aniqlash.
🔹 Buning uchun tashkilot faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar muntazam tahlil qilinadi.
✅ Yechim: korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha choralarni belgilash.
🎯 Natija: korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar oldindan bartaraf etiladi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤1
#Adliya_xabari
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish: Yashnoboddagi ishlar tanqidiy o'rganildi
Joriy yilning 3-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, savdo jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, vazir “Aviasozlar” bozorida bo'lib, savdo nuqtalari faoliyati, bozor infratuzilmasi, tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hisob-kitoblarning belgilangan tartibda yuritilishini ko'zdan kechirdi.
O'rganish jarayonida savdo faoliyatini qonuniy tashkil etish, naqd pul aylanmasini shaffoflashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to'g'ri va samarali foydalanish, soliq hamda boshqa majburiy to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, tadbirkorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratish hamda yashirin iqtisodiyotga zamin yaratayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.
Mas'ullarga noqonuniy va ruxsatsiz savdo holatlarining oldini olish, hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasiga chek qo'yish, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

👍8❤4🔥4
#8_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Nazorat — jazolash uchun emas, oldini olish uchun
Samarali ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatidagi xavfli nuqtalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
🔹 Jarayonlar muntazam tahlil qilinadi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.
✅ Yechim: ichki nazorat va komplayens mexanizmlarini muntazam takomillashtirish.
🎯 Natija: korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularni kamaytirish imkoniyati oshadi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Nazorat — jazolash uchun emas, oldini olish uchun
Samarali ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatidagi xavfli nuqtalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
🔹 Jarayonlar muntazam tahlil qilinadi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.
✅ Yechim: ichki nazorat va komplayens mexanizmlarini muntazam takomillashtirish.
🎯 Natija: korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularni kamaytirish imkoniyati oshadi.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍4🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📑 Adliya vazirligi Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga oid idoraviy hujjatni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3950, 2026-yil 3-oktyabr).
Mazkur hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan xo'jalik jamiyatlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilanmoqda.
Unga ko'ra:
➖ ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, korrupsiyaga sabab bo'luvchi omillarni bartaraf etish hamda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'radi;
➖ ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi;
➖ ichki nazorat tuzilmalari xizmat, bo'linma ko'rinishida tashkil etiladi yoxud lavozimdan iborat bo'ladi;
➖ ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan oliy ma'lumot, ish staji hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha maxsus o'quv kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lish kabi minimal talablar belgilanadi;
➖ KPI ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining faoliyatiga nisbatan qo'llanilmaydi, KPI dan kelib chiqadigan ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi, KPI ni pasaytirish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
➖ ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo'ladi va ular huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.

❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi
📣 Har yili Adliya vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi» doirasida ijodkorlarning huquqiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda — Sizningcha, bunday tashabbuslar ijodkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda qanchalik muhim⁉️
🔵 Ushbu savolga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Farida Afro'z javob berdi.
🔹 Batafsil 👉 videoda
#MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod

🔥3❤1👍1👏1