ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

📜 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan⁉️

Ko‘pchilik bu savolga javob berar ekan, 1474-yil — Venetsiyani tilga oladi.
Ammo O‘zbekiston Milliy arxividan topilgan noyob manba bu tarixni yanada oldinga olib borishi mumkin… 👀
Eng qizig‘i, bu manba Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davri bilan bog‘liq!

✅ Demak, mualliflik huquqining ilk asoslari biz o‘ylagandan ancha avval — Markaziy Osiyoda shakllangan bo‘lishi mumkinmi?

📹 Bu qanday manba? Unda nima yozilgan? Va mualliflik huquqi tarixida Mirzo Ulug‘bekning qanday o‘rni bor?
Barcha javoblar — videoda! 🎥

👇 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda qoldiring. Bu tarixiy ma’lumot haqida avval eshitganmisiz?


#MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Bugun Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilmoqda.

Senator Malika Qodirxonova qonun bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar uchun jazo 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.

"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi.

Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.


✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish

Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.


✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.

“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kredit olishda iste’molchilarni himoya qilishga qaratilgan yangi talablar belgilandi


Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3948, 2026-yil 30-sentyabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
– banklar kredit reklamasida kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik iste’molchi uchun moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish joylashtirishi shart. Bunda ogohlantirish bosma va elektron reklamada reklama maydonining, audio va videoreklamada esa reklama davomiyligining kamida 10 foizini egallashi lozim;

– kredit shartnomasining birinchi sahifasiga, shartnoma matni boshlanishidan oldin, sahifa asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallaydigan ogohlantirish axboroti joylashtiriladi;

– iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsuloti iste’molchiga taklif etilgan taqdirda, Markaziy bank tomonidan bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishini yoki infratuzilmasini kengaytirishini olti oygacha cheklash va (yoki) taqiqlash chorasi qo‘llanilishi mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
Adliya_xabari

🇺🇿🇨🇦 Kanadaning Bankrotlik bo‘yicha superintendant ofisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Avval xabar berilganidek, joriy yilgi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Kanadaning Bankrotlik bo‘yicha superintendant ofisi (KBSO) rahbari E. Leng bilan uchrashdi.

M. Istamov O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgani, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, sud boshqaruvchilari institutini mustahkamlash hamda jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida Kanadada to‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimi, KBSOning vakolatlari va faoliyat mexanizmlari, litsenziyaga ega to‘lovga qobiliyatsizlik bo‘yicha mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish, ularning kasbiy standartlari hamda javobgarligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sud boshqaruvchilarini tayyorlash va litsenziyalash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish uchun Kanada ekspertlarini jalb qilish, qo‘shma o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni isloh qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va ikki tomonlama institutsional hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#Adliya_xabari

24 ta murojaat. 7 ta masala — joyida hal etildi. 14 tasi ijroga yo‘naltirildi.

Bugun, 2-oktyabr kuni Adliya vazirligida Adliya vazirining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 2 tasi — Xorazm viloyati Shovot tumani hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan onlayn tarzda qabul qilindi.

➖ 7 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi;
➖ 14 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📌 Eslatma: Adliya vazirining qabuli har juma kuni soat 15:00–17:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#6_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Raqamlashtirish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirishning muhim vositasi

Ortiqcha inson omili ayrim jarayonlarda turli suiiste’molliklar uchun sharoit yaratishi mumkin.

🔹 Xizmat va jarayonlarni raqamlashtirish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta'minlash mumkin.

✅ Yechim: imkon qadar xizmat va jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish.

🎯 Natija: inson omili kamayadi, jarayonlarning kuzatuvchanligi oshadi.

Raqamlashtirilgan jarayon — shaffoflik ta'minlanadigan jarayon hisoblanadi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍4
#Adliya_xabari

🇺🇿🌐 Jahon banki vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirlining birinchi o’rinbosari M.Istamov Jahon bankining to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha eksperti U. Paterson bilan uchrashdi.

Uchrashuvda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, suddan tashqari va sud sanatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, sanatsiyada ishtirok etayotgan korxonalarga nisbatan kredit risklarini baholash va zaxiralar shakllantirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqib yanada muvozanatli prudensial mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha Jahon banki bilan ekspertlik hamkorligini davom ettirishga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1