ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

➡️ Adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi “REAL TEKS Qorako‘l” MCHJ, “BCT CLUSTER AGROKOMPLEKS” MCHJ hamda “OLOT COTTON CLUSTER” MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

➡️ O‘rganish jarayonida mazkur korxonalarning joriy holati, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi, korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi, saqlanishi va ulardan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔷Shuningdek, mol-mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlar, mavjud kreditorlik qarzdorliklari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

🔷Bundan tashqari, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish va ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni

Dunyoda kasblar ko‘p. Ularning hayotda o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug‘ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va rivojlanadi. Bu olijanob kasbning nomi — o‘qituvchilik va murabbiylikdir.


Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz Ustozlar!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥6
#4_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

“Oddiy sovg‘a” ham manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkin

Xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda sovg‘a, manfaat yoki boshqa imtiyoz taklif etilishi xodim uchun korrupsiyaviy xavf tug‘dirishi mumkin.

🔹 Eng to‘g‘ri yo‘l — bunday holatlarda belgilangan cheklov va tartiblarga qat’iy rioya qilish.

✅ Yechim: sovg‘a olish va manfaatlar to'qnashuvi bilan bog‘liq ichki tartib-taomillarga qat'iy amal qilish.

🎯 Natija: xodimning xolisligi va fuqarolarning tashkilotga bo‘lgan ishonchi ta’minlanadi.

Qaror qabul qilinishida xolislikning ta'minlanishi — har qanday manfaatdan ustun.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
🔥2❤1
📣 Eʼlon!

⚙️ Ichki ishlar vazirligining axborot-telekommunikatsiya tizimlarida xizmat zaruriyati yuzasidan joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

📱 Shu munosabat bilan, mazkur vaqt oralig‘ida idoralararo integratsion platforma orqali elektron axborot almashinuvida vaqtinchalik uzilishlar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".

—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥3❤1
#Adliya_xabari

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi IAIR konferensiyasining plenar sessiyasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi doirasidagi plenar sessiyada ishtirok etdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov so‘zga chiqib, Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, uning asosiy vazifalari hamda mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.

Xususan, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni erta qo‘llab-quvvatlash, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish va shaffofligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, sud boshqaruvchilari institutini rivojlantirish, ularning professional standartlarini oshirish, Sud boshqaruvchilari palatasining tashkil etilgani hamda sohani raqamlashtirish maqsadida barcha asosiy ma’lumot va xizmatlarni birlashtiruvchi yagona elektron platformani yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

M. Istamov Agentlikning IAIRga a’zo bo‘lishi xalqaro regulyatorlar bilan amaliy tajriba almashish, ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish va to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini alohida ta’kidladi.

Plenar sessiya davomida turli mamlakatlarning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlari va amaliy tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrik

❗️Tajriba — eng yaxshi darslik, ustozlik sharafi faqat maktab bilan o'lchanmaydi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati adliya tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat olib borib, ko'plab shogirdlar yetishtirgan fidoyi adliya xodimlarini 1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Ustoz — misoli charog'on nur, u o'z shogirdlari qalbida mangu ziyo taratadi. O'zining mashaqqatli va sharafli mehnati bilan yoshlarga to'g'ri yo'l ko'rsatib, adolat va qonun ustuvorligi yo'lida chinakam munosib, sadoqatli kadrlarni tayyorlashda siz, azizlarning xizmatingiz beqiyosdir!

Buloq o'z suvi bilan atrofni yashnatganidek, sizning boy tajribangiz va o'gitlaringiz butun bir tizimning ravnaqiga xizmat qilmoqda.

Barchangizga mustahkam sog'liq, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

💐Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4❤3👏2
#5_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Davlat xaridlarida ochiqlik — korrupsiyaviy xavflarga qarshi muhim vosita hisoblanadi.

Davlat mablag‘laridan foydalaniladigan xarid jarayonlarida shaffoflik va raqobatning ta’minlanishi muhim.

🔹 Xarid jarayonlarini belgilangan elektron va ochiq mexanizmlar asosida amalga oshirish korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

✅ Yechim: ochiq, raqobatbardosh va shaffof xarid mexanizmlaridan foydalanish.

🎯 Natija: mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish uchun shaffof muhit yaratiladi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤4
Forwarded from POSTLAR
📃 Sanoat namunasiga patent olish endi YIDXP orqali!

🌐 Sanoat namunasiga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda joriy etildi.

👥 Kimlar foydalanishi mumkin?
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🗂 Xizmatdan foydalanish uchun:
✅ buyumning tashqi ko‘rinishi haqida batafsil tasavvur beruvchi tasvirlar to‘plami;
✅ sanoat namunasining tavsifi;
✅ zarur hollarda buyum umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi yoki konfeksion xaritasi;
✅ Konvensiya ustuvorligi so‘ralganda — birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi;
✅ hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa — ularning belgilangan tartibdagi tarjimasi.

💰 To‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda undiriladi.

⏱️ Xizmat ko‘rsatish muddati:
Yagona portal orqali avtomatik tarzda.

📲 Xizmatdan foydalanish:
my.gov.uz → xizmatlar → Sanoat namunasiga patent olish

📌 Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qarori.

🔗 Xizmatdan foydalaning: my.gov.uz

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi IAIR Bosh yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR)ning navbatdagi Bosh yig‘ilishida ishtirok etdi.

IAIR — dunyoning turli yurisdiksiyalarida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi davlat siyosati, qonunchilik, tartibga solish va amaliyot uchun mas’ul davlat organlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilotdir. Assotsiatsiya 1995-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish, to‘lovga qobiliyatsizlik tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda samarali tartibga solish amaliyotini rivojlantirishdan iborat.

Bugungi kunda IAIR tarkibida 38 ta davlatdan 42 nafar davlat tashkiloti, jumladan vazirliklar, agentliklar va to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari a’zo hisoblanadi.

Bosh yig‘ilish davomida IAIR raisi va joriy yilgi tadbir mezboni — Kanada Bankrotlik bo‘yicha superintendenti Elisabeth Lang Assotsiatsiyaning o‘tgan davrdagi faoliyatini sarhisob qildi. Xususan, a’zo tashkilotlar o‘rtasida amaliy tajriba almashishni kengaytirish, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi zamonaviy tartibga solish yondashuvlarini muhokama qilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda IAIR doirasidagi professional aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar qayd etildi.

Shuningdek, IAIR Ijrochi kotibining moliyaviy hisoboti, Assotsiatsiya faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari va a’zolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining IAIRga a’zo bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Mazkur a’zolik Agentlikka yetakchi xorijiy regulyatorlar bilan bevosita hamkorlik qilish, qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni milliy tizimga joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Yig‘ilish yakunida IAIRga kelgusi yilgi raislik Irlandiya to’lovga qobiliyatsizlik ishlariga mas’ul organlariga topshirildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

📜 Mualliflik huquqi aslida qayerda paydo bo‘lgan⁉️

Ko‘pchilik bu savolga javob berar ekan, 1474-yil — Venetsiyani tilga oladi.
Ammo O‘zbekiston Milliy arxividan topilgan noyob manba bu tarixni yanada oldinga olib borishi mumkin… 👀
Eng qizig‘i, bu manba Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davri bilan bog‘liq!

✅ Demak, mualliflik huquqining ilk asoslari biz o‘ylagandan ancha avval — Markaziy Osiyoda shakllangan bo‘lishi mumkinmi?

📹 Bu qanday manba? Unda nima yozilgan? Va mualliflik huquqi tarixida Mirzo Ulug‘bekning qanday o‘rni bor?
Barcha javoblar — videoda! 🎥

👇 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda qoldiring. Bu tarixiy ma’lumot haqida avval eshitganmisiz?


#MualliflikHuquqiniHimoyaQilishOyi #MualliflikHuquqi #Ijod

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Bugun Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilmoqda.

Senator Malika Qodirxonova qonun bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar uchun jazo 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.

"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi.

Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda.


✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish

Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda.


✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi.

Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.

“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🔥1👏1