#Adliya_xabari
⚖️ TDYU — 35 yil: yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida
✅ Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universiteti tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Huquqiy davlat sari 35 yil. Yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
➡️ Unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq sohasi vakillari, mamlakatimiz va xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, taniqli huquqshunos olimlar, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va talabalar ishtirok etdi.
➡️ Tadbirning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, zamonaviy yuridik ta’limni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
✅ Huquqshunoslik alohida kasb. Yuristning qo‘lida inson taqdiri, uning mulki, erkinligi va sha’ni bor. Shuning uchun huquqshunosdan chuqur bilim bilan birga pok vijdon, halollik va mustahkam iroda talab etiladi. - ta’kidladi adliya vaziri Akbar Tashkulov o‘z nutqida.
➡️ Konferensiya doirasida, shuningdek, universitetning “TDYU–2030” taraqqiyot strategiyasi, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yuridik ta’limni raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 Bugungi kunda TDYUda yuridik ta’lim va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:🔵 fakultetlar faoliyatida akademik departament, tadqiqot markazi hamda amaliyot va karyera markazidan iborat yangi boshqaruv modeli shakllantirildi;🔵 2026–2030-yillarda yuridik ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta tematik blok doirasida 31 ta ustuvor yo‘nalish va 182 ta subyo‘nalish belgilandi;🔵 nazariya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2–4-bosqich talabalari uchun 120 ta davlat va xususiy tashkilotda doimiy amaliyot tizimi yo‘lga qo‘yildi;🔵 universitet bitiruvchilarining qariyb 96 foizi ish bilan ta’minlangan, 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining 72 foizi esa universitetni tamomlamasdan turib dual ta’lim orqali band qilingan;🔵 professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan Scopus bazasiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda 71 ta maqola chop etildi;🔵 2026-yil avgust holatiga 38 ta ilmiy himoya, jumladan, 6 ta DSc va 32 ta PhD himoyasi amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi Tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3945, 2026-yil 28-sentyabr).
Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
– davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar qo‘llaniladi;
– kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatmalar mavjud;
– kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlar bo‘yicha tasniflanadi;
– tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishni tanlash huquqiga ega;
– kesarcha kesish amaliyotida homilador ayol salbiy oqibatlar haqida xabardor qilinadi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

❤4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QONUN LOYIHASI «ADOLAT» SDP FRAKSIYASI TOMONIDAN KIRITILGAN.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
❗️Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyevning Xorazm viloyatiga xizmat safarining 2-kunida Xorazm markazidan uzoq va chekka hududida joylashgan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.
🔹 Xususan, Tuproqqal'a tumanidagi "NUR MUXAMMAD ISLOM OBOD" MCHJ, Bog`ot tumanidagi "PERFECT LOGISTIK" MCHJ, "DAVRONBEK AMIRBEK ISSIQXONASI"MCHJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.
📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2
#3_kun
🛡 1 KUN — 1 YECHIM
Qarindoshlik — xizmat doirasida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilmasligi kerak
Xodimning qarindoshi yoki yaqin kishisi manfaatdor bo‘lgan masalani ko‘rib chiqish xolislikka shubha tug‘dirishi mumkin.
🔹 Bunday holatlarda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va uni belgilangan tartibda boshqarish muhim.
✅ Yechim: ushbu jarayonda xodimning qaror qabul qilish jarayonidagi ishtirokini tegishli tartibda cheklash.
🎯 Natija: qarorlar shaxsiy manfaatlardan xoli bo‘ladi.
Xizmat vakolati — shaxsiy manfaat uchun emas, jamoat manfaatlari uchun.
#1Kun1Yechim
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)

👏3❤1
#Adliya_xabari
❗️Navoiyda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati joyida o‘rganildi
✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumani va Navoiy shahrida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxonaning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning cho‘zilish sabablari tahlil qilindi.
📌 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Bunday o‘rganishlarning amaliy ahamiyati shundaki, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarining samarali va qonuniy tashkil etilishi orqali korxonalarni imkon qadar faoliyatini davom ettirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish, kreditorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud mol-mulkdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
📌 Natijada bu jarayon fuqarolar uchun ish o‘rinlarining saqlanishi, tadbirkorlik subyektlari va kreditorlar uchun manfaatlarning ta’minlanishi, davlat uchun esa iqtisodiy faollik va mulkiy manfaatlarning himoya qilinishiga xizmat qiladi.
🔎 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

🔥3👍1
#Adliya_xabari
❕ Adliya vazirligi hamda Toshkent mediatsiya markazi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab tashkil etiluvchi “IP Mediation” loyihasi o‘tkazilmoqda.
✅ Bunda, asarlar, brendlar, ixtirolar yoki boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda nizolashayotgan taraflar ishlarni mediatsiya tartibida hal etish uchun Toshkent mediatsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.
✅ Loyiha doirasida Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan bilim va malakalari oshirilgan professional mediatorlar tomonidan quyidagi mazmundagi ishlar ko‘rib chiqilishi mumkin:
✅ patentlar, tovar belgilari, mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari, tijorat siri hamda nou-xauga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq nizolar;
✅ litsenziya nizolari, shuningdek dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanish va ularni taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar;
✅ intellektual mulk obyektlaridan domen nomlarida foydalanish bilan bog‘liq nizolar.
✅ Loyiha doirasida mediatsiya ishi bo‘yicha axborot uchrashuvlari tekin tarzda amalga oshiriladi.
⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hududiy adliya boshqarmalari, Toshkent mediatsiya markazi yoki vazirlikning +998 71 207-01-87 (1835, 1840) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
⚠️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hududiy adliya boshqarmalari, Toshkent mediatsiya markazi yoki vazirlikning +998 71 207-01-87 (1835, 1840) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥2
📃 Seleksiya yutug‘iga patent olish endi YIDXP orqali!
🌐 Seleksiya yutug‘i, jumladan hayvon zotlariga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda joriy etildi.
👥 Kimlar foydalanishi mumkin?
Yuridik va jismoniy shaxslar.
🏢 Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
🗂 Xizmatdan foydalanish uchun:
✅ seleksiya yutug‘ining nomi to‘g‘risidagi taklif;
✅ seleksiya yutug‘ining tavsifi (texnik anketa);
✅ seleksiya yutug‘i namunalarining fotosuratlari;
✅ seleksiya yutug‘i sinovlariga doir hujjatlar;
✅ ustuvorlikni tasdiqlovchi hujjat (agar so‘ralgan bo‘lsa);
✅ patent bojidan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
💰 To‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda undiriladi.
⏱️ Xizmat ko‘rsatish muddati:
Yagona portal orqali avtomatik tarzda.
📲 Xizmatdan foydalanish:
my.gov.uz → Sohalar → Adliya → Seleksiya yutug‘i (Hayvon zotlari)ga patent olish
📌 Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son qarori.
🔗 Xizmatdan foydalanish uchun: my.gov.uz

🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak", - dedi Prezident.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👍1