ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N.Muxammadiyev tomonidan Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Xorazmda to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish holati tahlil qilindi.

🔹 Xususan, Yangiariq tumanidagi "YANGI ARIQ TEX" MCHJ, Xiva tumanidagi "YUGGAZXIVAMAXSUSELEKTROMONTAJQURILISH" MCHJ, Qo'shko'pir tumanidagi "PERSON" ХК, "KARAVAN AVTO PLYUS" MCHJ hamda boshqa to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonalarning moliyaviy holati, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda to‘lov qobiliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13

"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Adliya_xabari

⚖️ TDYU — 35 yil: yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida

✅Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universiteti tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Huquqiy davlat sari 35 yil. Yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq sohasi vakillari, mamlakatimiz va xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, taniqli huquqshunos olimlar, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va talabalar ishtirok etdi.

➡️Tadbirning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov so‘zga chiqib, zamonaviy yuridik ta’limni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

📌 Bugungi kunda TDYUda yuridik ta’lim va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
🔵 fakultetlar faoliyatida akademik departament, tadqiqot markazi hamda amaliyot va karyera markazidan iborat yangi boshqaruv modeli shakllantirildi;
🔵 2026–2030-yillarda yuridik ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta tematik blok doirasida 31 ta ustuvor yo‘nalish va 182 ta subyo‘nalish belgilandi;
🔵 nazariya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2–4-bosqich talabalari uchun 120 ta davlat va xususiy tashkilotda doimiy amaliyot tizimi yo‘lga qo‘yildi;
🔵 universitet bitiruvchilarining qariyb 96 foizi ish bilan ta’minlangan, 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining 72 foizi esa universitetni tamomlamasdan turib dual ta’lim orqali band qilingan;
🔵 professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan Scopus bazasiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda 71 ta maqola chop etildi;
🔵 2026-yil avgust holatiga 38 ta ilmiy himoya, jumladan, 6 ta DSc va 32 ta PhD himoyasi amalga oshirildi.


✅Huquqshunoslik alohida kasb. Yuristning qo‘lida inson taqdiri, uning mulki, erkinligi va sha’ni bor. Shuning uchun huquqshunosdan chuqur bilim bilan birga pok vijdon, halollik va mustahkam iroda talab etiladi. - ta’kidladi adliya vaziri Akbar Tashkulov o‘z nutqida.

➡️ Konferensiya doirasida, shuningdek, universitetning “TDYU–2030” taraqqiyot strategiyasi, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yuridik ta’limni raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi
Tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3945, 2026-yil 28-sentyabr).

Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
– davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar qo‘llaniladi;

– kesarcha kesish amaliyoti uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatmalar mavjud;

– kesarcha kesish amaliyoti shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan, rejalashtirilgan va rejali guruhlar bo‘yicha tasniflanadi;

– tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishni tanlash huquqiga ega;

– kesarcha kesish amaliyotida homilador ayol salbiy oqibatlar haqida xabardor qilinadi va uning ixtiyoriy roziligi olinadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Dada, qo‘llaringiz nega qora?

Korrupsiya — nafaqat qo‘lni, balki qalbni, nomusni, oriyatni qoraytiradi.
Bu yo‘l emas — botqoqlik, yutuq emas — uyat, jazosi bor jinoyatdir.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN QONUN LOYIHASI DEPUTATLARNING QIZG‘IN BAHS-MUNOZARALARI ASOSIDA BIRINCHI O'QISHDA QABUL QILINDI.

QONUN LOYIHASI «ADOLAT» SDP FRAKSIYASI TOMONIDAN KIRITILGAN
.

🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM