#Adliya_xabari
🏭 Andijonda tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon tumanidagi “Maxsus sanoat zonasi”da joylashgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
🔹 Xususan, hududdagi “KVANJIN AUTOSYSTEMS” MChJ faoliyati o‘rganilib, korxonada mavjud muammo va masalalar yuzasidan tadbirkor bilan ochiq muloqot qilindi.
📌 Xizmat safari davomida ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar hamda ularning huquqiy muammolariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Tadbirkor tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
⚖️ Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish — adliya organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2
#Adliya_xabari
Shahrixonda yangi binoda ish boshlagan adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
⌛ Adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Shahrixon tumani adliya bo‘limining yangi binosida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
✅ Jarayonda Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
🔖 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va sifatini yanada oshirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
📌 Yangi binoda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.
🔹Jumladan:
➖ infokiosk orqali elektron talon olish;
➖ kutish zalidagi monitorlar orqali navbat va murojaat qilinadigan mutaxassis haqida ma’lumot olish;
➖ bolalar maydonchasi;
➖ ona va bola xonasi;
➖ tibbiy xizmat xonasi;
➖ kafe;
➖ kitob javoni tashkil etilgan.
🏢 Adliya bo‘limining yangi va zamonaviy binoda faoliyat boshlashi, avvalo, aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli davlat hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish uchun muhim sharoit yaratadi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Shahrixonda yangi binoda ish boshlagan adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xususan, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
📌 Yangi binoda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.
🔹Jumladan:
➖ infokiosk orqali elektron talon olish;
➖ kutish zalidagi monitorlar orqali navbat va murojaat qilinadigan mutaxassis haqida ma’lumot olish;
➖ bolalar maydonchasi;
➖ ona va bola xonasi;
➖ tibbiy xizmat xonasi;
➖ kafe;
➖ kitob javoni tashkil etilgan.
🏢 Adliya bo‘limining yangi va zamonaviy binoda faoliyat boshlashi, avvalo, aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli davlat hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish uchun muhim sharoit yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥2
#Adliya_xabari
❗️ Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayonlari o‘rganildi.
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyevning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Jumladan, Andijon tumanidagi “EMERY PHARMA” MChJ, Xo‘jaobod tumanidagi “GSR BUILDING MATERIALS” MChJ hamda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan boshqa korxonalarning faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonalarning moliyaviy ahvoli, mavjud qarzdorliklarni kamaytirish va bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash, shuningdek, to‘lov qobiliyatini tiklash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish, aniqlangan muammolarni hal etish hamda faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifa va tavsiyalar belgilab berildi.
📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3
#Adliya_xabari
❗️ Andijon viloyat adliya boshqarmasida asosiy faoliyat yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
✅ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyat adliya boshqarmasida adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida erishilishi lozim bo‘lgan natijalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
✅ Taqdimot davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud natijalar bilan bir qatorda, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamli imkoniyatlardan keng foydalanish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan istiqboldagi vazifalar belgilandi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Xususan, taqdimotda tomonidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va aniqlangan huquq buzilishlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni, huquqiy ekspertiza va huquqiy xulosalar sifatini oshirish borasidagi natijalar ko‘rib chiqildi.
Huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Jumladan, aholining turli qatlamlariga huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy media va raqamli platformalardan samarali foydalanish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarining manzilliligini ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda, huquqni qo‘llash amaliyotini yagona metodik yondashuv asosida shakllantirish, qonunchilik normalarining hududlarda bir xil va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish hamda amaliyotga yagona yondashuvlarni joriy etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
Taqdimotning yana bir muhim yo‘nalishi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi. Ushbu yo‘nalishda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, mualliflar va huquq egalari manfaatlarini himoya qilish, intellektual mulkdan qonuniy foydalanish madaniyatini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤7🔥3