ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📚 O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sayyor qabul tashkil etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagog xodimlarning taklif va murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda fidokorona mehnatini e’tirof etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

📍 Farg‘ona viloyatining eksklav hududlari hisoblangan “Shohimardon” va “Yordon” mahallalaridagi ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazilib, pedagoglarning murojaat, taklif va muammolari o‘rganildi.

🩺 Shuningdek, sayyor qabul doirasida 180 nafardan ortiq pedagog va aholi vakillariga viloyat davolash-profilaktika muassasalarining malakali mutaxassislari tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🤝 Tadbir davomida pedagoglarning murojaatlarini eshitish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
👍11🔥6👏5❤2
ADLIYA YANGILIKLARI
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Adliya vaziri ishtirokida Andijon viloyat adliya boshqarmasida o'tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tafsilotlari

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1👏1
DIQQAT, YANGI KANAL — ANTINARKO!

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 8 oyi davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 12 104 ta jinoyat sodir etilgan.

Demak, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan kuniga o‘rtacha 50 ga yaqin jinoyat fosh etilmoqda.


Ushbu holatlar haqida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning rasmiy sahifa va kanallarida, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalari orqali har kuni yuzlab xabar va yangiliklar e’lon qilib borilmoqda.

Ammo, shu paytga qadar aynan narkojinoyatlar haqida xabarlarning birinchi rasmiy va yagona manbasi mavjud emas edi.

Shu sababli Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Antinarco” Telegram kanali ishga tushirilganini ma’lum qiladi.

Kanal orqali nafaqat giyohvandlik vositalarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar tafsilotlari, balki ushbu illatga qarshi targ‘ibot materiallari ham e’lon qilib boriladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!
➡️https://t.me/antinarkokanal
❤3
⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:

“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”


Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”


🌐
website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi.

Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.

Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Ayni yo‘nalishda Andijonning o‘ziga 20 million dollar beriladi.

Mutasaddilarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
❤2👍2👏1
#Adliya_xabari

🏢 Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish — faoliyatni saqlab qolish va ish o‘rinlarini asrashga xizmat qiladi

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalarni joyiga chiqib o‘rganish orqali ularning faoliyatini qayta tiklash, mavjud mol-mulkdan samarali foydalanish, yangi imkoniyatlarni aniqlash hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash uchun zarur choralarni belgilash mumkin.

Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati joyida o‘rganildi

✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi vakillari tomonidan Buxoro viloyatining Kogon, Qorovulbozor, Jondor va Qorako‘l tumanlarida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 5 ta korxona faoliyati joyida o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi hamda uning cho‘zilish sabablari tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish imkoniyatlari, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 O‘rganish natijalari asosida korxonalarni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌“Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — bu O‘zbekiston”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.

📌 Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi.

“Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, - dedi Prezident.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1