ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.62K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌O‘ZBEKISTON SUD BOSHQARUVCHILARI PALATASI YANGI MAQOMDA FAOLIYAT YURITADI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoni ijrosi doirasida sud boshqaruvchilari institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda.

⚖️Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etilishi belgilangan.

📋Shu munosabat bilan, Adliya vazirining 2026-yil 15-sentyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹Yangi maqomda Palata sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritadi.

🎯Palataning asosiy vazifalari:

▫️ sud boshqaruvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish;
▫️ ularning malakasini oshirish;
▫️ kasbiy standartlarni takomillashtirish;
▫️ sohada o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish;
▫️ sud boshqaruvchilari instituti samaradorligini oshirish.


🔄Shuningdek, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

✨Palataning yangi maqomda tashkil etilishi to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, sud boshqaruvchilarining professional korpusini shakllantirish va sohada zamonaviy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🤝O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, professionallik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
#Adliya_xabari

❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida “The International 21st Forensic Medicine Congress/ Xalqaro 21-sud tibbiyoti kongressi” bo’lib o’tmoqda. Unda Adliya vazirligi, jumladan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Mazkur Kongress 21-27-sentyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan bo'lib, tadbirning birinchi kunida Kongress doirasida plenar sessiyalar bo'lib o'tdi. Shuningdek, Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda aloqador tashkilotlari bilan Kongressga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va boshqa nufuzli tashkilotlar vakillari o'rtasida tanishtiruv uchrashuvi bo'lib o'tdi.


✔️ Uchrashuv davomida Adliya vazirligi delegatsiyasi vakillari tomonidan yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berildi.

✔️ Shuningdek, tadbir davomida bir qator xorijiy tashkilotlar, xorijiy sud ekspertiza muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

✔️Кongress o'z ishini davom ettirmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2❤1
Ayni damda, Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Burak Djeyxan boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
👍12👏3❤2🔥2
#Adliya_xabari

🇺🇿🤝🇨🇳 XALQARO HAMKORLIK — HUQUQIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Adliya departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, advokatura institutining investorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

📌 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Toshkent viloyatida Xitoy Xalq Respublikasi ishtirokidagi 1 500 ga yaqin korxona savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.

⚖️ Muloqotda investorlarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish, shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularning huquqlarini sud va arbitraj jarayonlarida himoya qilishda advokaturaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar huquqiy sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

🤝 Muloqot yakunida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚶‍♂️ 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni

🌱 Bugun butun dunyoda ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, piyoda yurish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni nishonlanmoqda.

🚲 Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizda ham turli targ‘ibot va sport tadbirlari tashkil etildi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tadbirlarda faol ishtirok etdi.

🌿 Bunday tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

#XalqaroAvtomobilsizHarakatlanishKuni #Adliya #Ekologiya #SoglomTurmushTarzi #22Sentabr

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5