ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik, shuningdek Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏2
#Adliya_xabari

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


Bugun, 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mammadovni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.


O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini ko‘p asrlik umumiy tarix, tillar yaqinligi, ma’naviy va madaniy qadriyatlar, urf-odat va an’analar bog‘lab turishi, aynan ushbu mustahkam asosda so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, 2026-yil 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida imzolangan 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
#qabul

🏛Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malaksini oshirish instituti doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e'lon qiladi!

Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:

📌05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik.
📌12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
📌12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.


🗂Doktorantura uchun talab etiladigan hujjatlar
🗂
Tayanch doktorantura uchun talab etiladigan hujjatlar
🗂Mustaqil izlanuvchilik uchun talab etiladigan hujjatlar

🗓 Hujjatlar 2026-yilning 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

🌐 Hujjatlar daraja.ilmiy.uz sayti orqali elektron qabul qilinadi.

📞 +998 55 518 57 77 (716)
📩 minjusttraining@exat.uz / minjusttraining@adliya.uz

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@Institut_ilmiy
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Surxondaryo_viloyati

Sud tomonidan 37 yoshli Farrux Berdinazarovning O‘zbekiston hududida doimiy yashaganlik fakti belgilandi.
Termiz tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro manfaatlarini himoya qilish maqsadida Termiz tumanlararo fuqarolik sudiga uning O‘zbekiston hududida muayyan muddat davomida yashaganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritildi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏52👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?

“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…

Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”

Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.

Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.

Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.

Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.

“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham ehhe devorasiz.

Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.

Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.

Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.

Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.

Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.

Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.

Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?

Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».

Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.

"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".

9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.

Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.

“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
👍65🔥3
#Adliyadan_qulaylik

🌐Onlayn notarial harakat bu – istalgan joydan turib notarial harakatni masofadan turib amalga oshirishdir.
 
👍Onlayn notarial harakatlar video-konferens-aloqa rejimida E-notarius.uz axborot portali hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
 
📲Murojaatchi notarial harakatlarni onlayn amalga oshirish uchun Adliya Plus ilovasi yoki E-notarius.uz axborot portalida shaxsini tasdiqlagan holda roʻyxatdan oʻtadi va murojaatni notariusga yuboradi.
 
🏪Notarius bir ish kuni ichida murojaatni oʻrganib chiqadi hamda murojaatda kamchiliklar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida, kamchilik aniqlanmagan taqdirda, notarial harakatni davom ettirish to‘g‘risida murojaat qiluvchiga elektron xabarnoma yuboradi. Bunda, notarial harakat amalga oshirish vaqti murojaatchi bilan kelishilgan holda belgilanishi mumkin.
 
🖋Notarius tomonidan notarial harakat taraflarga notarial harakat bilan tasdiqlangan hujjat(lar)ning asl nusxa(lar)i shaxsan topshiriladi yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoxud boshqa usullar orqali yetkaziladi.
 
❗️Notarial harakatni onlayn rasmiylashtirish nima uchun qulay:

Navbatda turilmaydi, vaqt tejaladi
(onlayn tasdiqlanganda - 20-25 daqiqa, notarial idoraga kelganda - 1-2 soat).
 
Notarial idoraga kelib-ketish uchun ortiqcha xarajat qilinmaydi.
 
Dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn harakatni rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. (Misol uchun, ishonchnoma: xorijda tasdiqlab yuborilsa - 200-300 AQSH dollari, xorijda turib O‘zbekistonda onlayn tasdiqlansa - bepul).
 
Umuman hujjatlar talab qilinmaydi. Belgilangandan ortiqcha pul undirilmaydi. Korrupsiya yo‘q.
 
Notarial harakat audio-videoda saqlanadi.
(Firibgarlik va majburlash kabi holatlar bo‘lmaydi).

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#Adliya_xabari

“Boysun do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


📍 “Boysun do‘ppisi” — Surxondaryo viloyati Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan, dumaloq shaklli, piltado‘zi uslubida kashta bilan bezatilgan milliy bosh kiyimdir.

🧵 Uning o‘ziga xosligi piltado‘zi kashta uslubi, geometrik naqshlari, yorqin ranglar uyg‘unligi hamda an’anaviy tikish usullarida namoyon bo‘ladi. Do‘ppida chilxol, chayongul, qo‘chqorshoxi, archa va ko‘zacha kabi naqshlar qo‘llaniladi.

⚖️ “Boysun do‘ppisi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulotning Boysun hududi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Natijada:
“Boysun do‘ppisi” nomining huquqiy muhofazasi ta’minlanadi;
mahsulotning an’anaviy xususiyatlari va ishlab chiqarish usullarini asrashga xizmat qiladi;
Boysun hunarmandchiligi mahsulotini ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos yaratiladi.

📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari muayyan geografik hudud bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi intellektual mulk obyektidir.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥1